So’nggi yangiliklar

14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  0 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  0 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  4 13:14"Ал Иттиҳод" – "Насаф" беллашуви кореялик ҳакамларга топширилди  1 12:46"Аҳил бўлмасак, бир натижага эришиш қийин. Биргаликда вазифани уддалаймиз" — Тимур Кападзе  3 12:19Эмери "Астон Вилла"нинг тарихий сериясидан сўнг: "Биз чемпионликка даъвогар эмасмиз"  0 11:51"Менга фарқи йўқ": Рафинья ФИФА қарорига хотиржам муносабат билдирди  4 11:24Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Доҳага етиб борди  0 10:46“Ал-Аҳли” - “Андижон” ўйинини ироқлик ҳакамлар бошқаришади  2 10:19Акаки Шулая воҳа жамоасига ўтишга яқин  3 09:48ПСЖ раҳбарияти тарихда ҳали ҳеч ким қилмаган ишни қилмоқчи  4 09:21Аббос Файзуллаев: "2026 йилда кўришгунча"  5 08:55Нури Шаҳин Шомуродов ҳақида фикр билдирди  15 08:27Файзуллаев ва Шомуродов рамзий терма жамоадан жой олишди  6 07:58Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" "Ал Иттиҳод" меҳмони бўлади  9

Iminov eng katta maqsadi va "Buxoro"ning imkoniyatlari haqida gapirdi Yangiliklar

Iminov eng katta maqsadi va "Buxoro"ning imkoniyatlari haqida gapirdi

Superligaga qaytgan "Buxoro" klubi matbuot xizmati Humoyunmirzo Iminov jamoada qolishini elon qildi.

SHundan keyin 22 yoshli yarim himoyachi bilan bog'lanib, o'zimizni qiziqtirgan bazi savollarga javob oldik. 

— Humoyunmirzo, o'tgan mavsum oxirida "Paxtakor"ning chempionligidan ko'proq quvondingizmi yoki "Buxoro" Superligaga qaytganidanmi?

— Assalomu alaykum. Mavsumning birinchi qismini "Paxtakor"da o'tkazgandim. "SHerlar" chempion bo'lishini xohladim. "Buxoro"ning elitiga qaytishiga yordam berganim uchun xursandman. Esda qolarli yil bo'ldi.

— Sizni "Buxoro"ga kim taklif qildi?

— Murabbiylar shtabi chaqirdi. Lekin bu o'tishda akam (Sardor Eminov - tahr.)ning ham hissasi katta.

— Bu yil ham Buxoroda qolishingiz aytilyapti. "Paxtakor" sizni ijaraga berdimi yoki..?

— Yo'q, "Buxoro" transfer huquqimni sotib olgan. Endi shu jamoaga tegishliman.

— Klubning bu yilgi imkoniyatlarini qanday baholaysiz? Jamoa autsayderlar zonasiga tushib qolmaydimi?

— Hakim aka Fuzaylov yaxshi jamoa shakllantiryapti. Hali hammasi oldinda. Xudo xohlasa, yuqori o'rinlar uchun kurashamiz.

— Iminovning oldidagi shaxsiy maqsadlari qanaqa? 

— Bu yil o'sishga erishmoqchiman. Eng katta niyat esa terma jamoada o'ynash.

Malumot uchun, Humoyunmirzo Iminov o'tgan mavsum "Buxoro" libosida 12 uchrashuvda maydonga tushib, 2 bor raqiblari darvozasini ishg'ol qildi.

Faxriddin yozib oldi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика