Ilyos Zeytullaev: "Mag'lubiyatlar ko'zni yumib, o'tib ketib bo'lmaydigan muammolarni ochib beradi"
06 mar 23:58
Yangiliklar
Ilyos Zeytullaev: "Mag'lubiyatlar ko'zni yumib, o'tib ketib bo'lmaydigan muammolarni ochib beradi"
- Hayrli kech. O'yinni ikki qismga bo'lish mumkin. "Dinamo"ni g'alaba bilan tabriklayman. Oxirigacha kurashgani uchun yigitlarimga rahmat aytaman. Agarda muxlis sifatida bugungi o'yinga kelsam, "Bunyodkor"da mentalitet yaxshilanayotganini ko'rardim. Ikkinchi bo'lim jangovar o'tdi. Mag'lubiyatlar ko'zni yumib, o'tib ketib bo'lmaydigan muammolarni ochib beradi.
- "Bunyodkor"ning himoyasida muammolar borligini ko'rdik. Jamoada charchoq bormidi?
- Bizda tayyorgarlik uchun kamroq vaqt bor edi. Yigitlar bugun yaxshi o'ynashdi. Bu taktik tomondan mening xatolarim. Chunki jamoaga men javob beraman. Jamoani raqibga noto'g'ri moslaganman. Raqib qanotlarda yaxshi o'ynaydi, birga-bir holatlarda kuchli. Ikkinchi bo'limda biz fikrlashni o'zgartirdik. Shu boisdan ko'p narsa o'zgardi: bizga muammo keltirib chiqarayotgan futbolchilarni xavfsizlantirdik va joylashuvni o'zgartirdik.
- Birinchi bo'limda jamoangiz raqib taklif qilgan tempga tayyor emasligi sezildi. O'shanda ko'rsatmalar orqali barchasini sozlash imkoniyati bormidi? Umuman olganda futbolchilar bilan ko'rsatmalar bo'yicha bog'lanishda muammolar borga o'xshaydi.
- Umid qilamanki, bir kun kelib, "Dinamo" bilan bir xil shart-sharoitlarda o'ynaymiz. O'tgan yili ular 9 kun, biz esa 5 kunlik damdan so'ng o'zaro o'yinimizni o'tkazgandik. Futbolda har bir kunning o'rni katta, balki bu sizlarga mayda detal kabi ko'rinishi mumkin. Ular bizdan ko'ra agressiv va intensivroq emasdi, shunchaki kuchi ko'proq edi. Raqiblar bizning tayanch hududimizni yopib o'ynashga, to'pni himoyachilarimizning ortiga tashlab berishga harakat qildi. Shu boisdan bizda bir qancha xatolar yuzaga keldi. O'tgan yili biz bu holatlarni pressing evaziga bartaraf qilayotgandik. Shunchaki futbolning bazi joylarida ayyorroq bo'lish, bazida pressing bilan, ayrim joylarda vertikal futbol o'ynash talab qilinadi. Ko'rsatmalar orqali bog'lanishlar esa harakatlar orqali ham amalga oshiriladi. Tarkibimizda ko'plab yangi futbolchilar bor. Bu bahona emas. Bu kamchilikni to'g'rilash yo'lidamiz.
- Shahboz Umarovda qanday muammolar bor? U bugun tribunadan o'yinni kuzatdi.
- Afsuski u OKMKga qarshi o'yinoldi mashg'ulotda boldir mushaklarini tortib oldi. Shu boisdan ayta olaman, biz kuchli va jamoa uchun muhim futbolchimizni malum muddatga yo'qotdik.

- Uning kayfiyati yaxshimi?
- Super. U ijobiy kayfiyatli yigit. Uning jamoaga bo'lgan munosabati menga yoqyapti. Unda iqtidor yuqori darajada va hozir biz faqatgina 40 foizini ko'rib turibmiz, qolgan 60 foizi chiqishini esa kutyapmiz. Etibor bergan bo'lsangiz, bizda tarkib uzun emas. Yosh futbolchilar ko'p. Bunday holatda Bobur Yo'ldoshev, Shahboz Umarov kabi futbolchilar oltinga teng bo'ladi. Umid qilamanki, u tez orada safga qaytadi va jamoaga yordam beradi.
- Azizbek Amonov o'tgan mavsumning birinchi qismini "Bunyodkor" tarkibida o'tkazgan va bugun "Bunyodkor"ga qarshi ikki karra kuch bilan o'ynagandek tuyuldi.
- Aziz - yaxshi yigit, u professional. U jamoaga kelganida barchaga ko'proq yordam berishni istagandi. U mashg'ulotlardan keyin ham shug'ullanib, jamoaga yordam berishga harakat qildi. Shunday payt keldiki, ishlar unchalik yaxshi emasdi. Keyinchalik u o'ziga qulay bo'lgan joyga ketdi. "Buxoro"da u ancha ochildi, o'yinni o'ziga oldi, yaxshi holatda bo'ldi. Buning yomon joyi yo'q. Uning yaxshi futbolchi ekanligini bilamiz. U shu ruhda davom etib, terma jamoa darajasiga qaytishiga tilakdoshman.
- Italiyada faoliyat olib borgan inson sifatida O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro bilan gaplashdingizmi?
- Ikki-uch kun oldin ular murabbiylar shtabi bilan tashrif buyurib, mashg'ulotlarimizni tomosha qilishgani yoqimli bo'ldi. Chempionat, qiyinchiliklar, madaniyat bo'yicha gaplashdik. Murabbiy sifatida uni tanimasdim va birinchi marta suhbatlashdim. Ularning shtabi bilan suhbat bo'ldi. Keyinchalik asosan jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiylar o'zaro suhbatlar olib borishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar