So’nggi yangiliklar

18:27"Аркадағ" кетма-кет иккинчи йил Туркманистон кубоги соҳибига айланди  1 18:15Дунёдаги энг йирик кўча футболи чемпионати яна Ўзбекистонда  1 18:00"Металлург" назорат баҳсида "Гулистон"ни мағлуб этди  0 17:45"Барса" Гави тиззасидан олган жароҳатидан сўнг сафга қайтганини эълон қилди. Хавбек август ойидан бери ўйнамади  7 17:05Ўзбекистон Суперкубоги: дебютант “Нефтчи” саккизинчи жамоа, рекорд “Пахтакор”да  5 16:49"Футбол олами". 3-турдаёқ илк истеъфо  0 16:29Аёллар ўртасидаги Осиё кубоги. Ўзбекистон чорак финалда Жанубий Кореяга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  14 15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  2 15:25"Имишли" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  20 12:17Мауро Брасил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  5 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12

Ilyos Zeytullaev: "Ahmadaliev bizda yuz bergan voqealar tufayli OKMKga qaytishni xohlab qoldi. Supergol urgan Ahmadjonov esa reja bo'yicha umuman o'ynamasligi kerak edi..." Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: "Ahmadaliev bizda yuz bergan voqealar tufayli OKMKga qaytishni xohlab qoldi. Supergol urgan Ahmadjonov esa reja bo'yicha umuman o'ynamasligi kerak edi..."

Superliganing 1-turi doirasida OKMK – "Bunyodkor" (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

– O'yin haqida...

– Nihoyat rasmiy o'yinlar boshlandi, biz juda uzoq kutdik, chunki baribir bu davr biz uchun biroz nozik edi va hozir ham biroz nozikligicha qolmoqda. Lekin men, aslida, bu jamoani, yigitlarni alohida etirof etmoqchi edim, chunki ular birinchi kundan, yig'inlardan to bugungi kungacha juda kuchli jamoaviy ruhni, jipslikni ko'rsatishdi. Shuning uchun bu faqat boshlanishi, ularga iltimosim, biz juda kamtarin bo'lib qolishimiz, keyingi o'yinga xotirjam tayyorlanishimiz kerak, chunki bizni juda kuchli raqib kutmoqda. Shu sababli hozir tayyorlanish va keyingi turga hozirlik ko'rish kerak, chunki biz hali boshlanishidamiz.

– “Bunyodkor” klubining bosh homiysi moliyalashtirishni to'xtatgani haqidagi xabarlardan ko'pchilik xabardor bo'ldi. Bu klubning o'sha mavsumdagi rejalariga tasir qildimi, yani yuqori o'rinlar uchun bo'lgan kurashga, rejalarga tasir o'tkazdimi?

– Albatta, baribir, hammamiz insonmiz. Garchi biz professionallar bo'lsak-da, lekin baribir bu psixologiyaga, albatta, kundalik hayotga biroz tasir qiladi, chunki yigitlar baribir shu bilan yashaydi. Bu bizning kasbimiz. Lekin, boshqa tomondan, biz bu haqda tez-tez gaplashamiz, bu davr har qanday jamoada bo'lishi mumkin. Shuning uchun, menimcha, biz buni munosib o'tkazyapmiz va Xudo xohlasa, yaqin kelajakda hammasi iziga tushib ketadi, chunki bu baribir o'zbek futbolimiz uchun juda yaxshi bo'lar edi. Shu sababli biz ishonamiz, bizda ishonch bor, hammasi yaxshi bo'ladi.

– “Bunyodkor” o'rtoqlik o'yinlariga nazar tashladim, to'qqizta o'yinda 16 ta to'p o'tkazib yuborgan ekan. Bu himoyadagi echimlar to'liq bartaraf etildi, deb o'ylaysizmi?

– Ko'p gol o'tkazib yuborganmiz... Ha, nazorat o'yinlarida. Shuning uchun ham ular nazorat o'yinlari deb ataladi. Yani o'tgan yili kam gol o'tkazib yuborgandik, lekin bu yil biz bazi bir o'zgarishlar qilganimiz uchun shunday bo'ldi, bu o'yinchilarning o'zaro tushunishiga tasir qiladi. Shuning uchun qaerdadir gol o'tkazib yubordik. Lekin shuni takidlash kerakki, bu yil o'tgan yilgidan kuchliroq sparring-raqiblarni tanladik, shuning uchun bu ham tasir qildi. Lekin bu ritmni, intensivlikni oshirdi. Lekin Xudoga shukur, bugun "nol"ga o'ynadik, yigitlar himoyada yaxshi ishlashdi, bu rasmiy o'yin. Nazorat o'yinlari aynan shuning uchun kerak.

– Mavsumning boshlanishi va birinchi g'alaba bilan tabriklaymiz. Odatdagidek, bu mavzu ikkinchi planga tushmayapti — futboldan tashqari bazi omillar chempionat oldidan o'yinga tasir qilayotgani. Bugun final hushtagidan so'ng qanday his-tuyg'ularni boshdan kechirdingiz? Albatta, xursandchilik tushunarli, lekin bundan tashqari yana nimalar bo'ldi, chunki mavsumga tayyorgarlikdan tashqari, jamoani siz aniq xavotir olayotgan boshqa omillar ham o'rab turibdi.

– Men yigitlarga doim bir narsani aytaman: biz tashqi omillarni nazorat qila olmaymiz yoki o'zgartira olmaymiz. Ilojimiz yo'q. Biz standartlarga tayyorlana olamiz, tarkibni qo'ya olamiz, jismoniy, taktik, psixologik jihatdan tayyorlana olamiz. Bu bizga bog'liq. Biz nazorat qila oladigan narsa — har kuni maydonga chiqish, bazaga kelish, hozir bizda mavjud bo'lgan qandaydir qiyinchiliklarga duch kelish, lekin vaziyatni qanday yaxshilash haqida o'ylash. Agar qandaydir tashqi omillar haqida o'ylaydigan bo'lsak, ularga bog'liq emasmiz. Lekin yana takrorlayman, men ishonaman va aminmanki, hammasi o'z joyiga tushadi, chunki "Bunyodkor" tarixga ega klub, bilmadim, bunga ishongim keladi.

– Avvaliga Dilshod Ahmadaliev “Bunyodkor” bilan shartnoma imzoladi. Keyinchalik “Bunyodkor” bilan yig'inlarda ishtirok etdi va oxir-oqibat OKMK jamoasiga yana qaytdi va birinchi turda “Bunyodkor”ga qarshi o'ynadi. Umuman, uning kelib-ketgani haqida va uning ketgani jamoaga qanchalik tasir qildi? Chunki o'rtoqlik o'yinlarida ham faqat Ahmadaliev qanotda ko'proq o'ynayotgan edi.

– Esimda, qaerdadir aytgan edim, men shaxsan Dilshodning tanlovini hurmat qilaman. U bizga kelganda xursand edi. Ammo bizda yuz bergan voqealar tufayli u shunchaki OKMKga qaytishni xohlab qoldi. Bizning OKMK bilan, Mirjalol Qosimov bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. Men uning uchun shunday qilishi to'g'ri bo'ladi deb o'yladim. Erkak kishi sifatida, balki uning oilasi bordir. Shuning uchun biz uning fikrini inobatga oldik va bu tanlovni men muhokama qilmayman. Bunday tanlovni muhokama qilish uchun men kimman? Agar u o'zini OKMKda qulay his qilsa, biz unga to'sqinlik qilmasligimiz kerak, shuning uchun u yaxshi chempionat o'tkazsin, bu yil OKMKga yordam bersin. Shuning uchun munosabatlarimiz yaxshi saqlanib qoldi va hammasi alo bo'ldi. Aytgancha, u yaxshi yig'inlarni o'tkazdi, yaxshi tayyorlandi.

– Uning ketib qolishi rejalarga qanchalik tasir qildi?

– Tasir qilmadi. Bilasizmi, biz unga o'rganib qolgandik, u ham qanday o'ynashni xohlayotganimizni tushunib olgandi, hodisa biroz tasir qildi, chunki u barcha nazorat o'yinlarida o'ynadi. Agar payqagan bo'lsangiz, bugun uning poziciyasida Aziz To'lqinbekov o'ynadi, uning o'rnini yaxshi egalladi. Moslashdi. Bu yosh futbolchilar uchun katta vitrina. Lekin Azizni maydon markaziga qo'yganimizdan so'ng, OKMKda ham o'ynagan Sardor Rahmonovni, juda yaxshi himoyachini maydonga tushirdik. Menimcha, nimaiki bo'lmasin, hammasi yaxshilikka.

– Shogirdlaringiz birinchi bo'limda agressiv o'yin namoyish etishdi va uch marta sariq kartochka bilan jazolandi. Balki bu agressiya o'tgan mavsumdagi 1:5 hisobidagi mag'lubiyat tasiridir. Ogohlantirishlar sizni ikkinchi bo'limda ehtiyotkor bo'lishga undadimi?

– Ha. O'tgan yilgi o'yin haqida ham gaplashdik, lekin bu o'tmishda qoldi, bu — tarix. Bunday o'yinlar bo'lib turadi. Yodingizda bo'lsa, o'tgan yili OKMK hisobda oldinga chiqib olgandi. Keyin biz hisobni 1:1 ko'rinishiga keltirganmiz va kichik bir xatoga yo'l qo'yilgandi, bu esa jamoani psixologik jihatdan sindirib qo'ygandi. Shuning uchun bunday o'yinlar hamma joyda uchraydi. Lekin, menimcha, biz bu bosqichdan o'tdik. Bugun esa Abdumavlonni alohida takidlab o'tmoqchiman. Chunki u aynan OKMKga qarshi o'yinda xatoga yo'l qo'ygandi. Shunga qaramay, bugun u juda jasoratli o'ynadi, barakalla, ishonchli himoyalandi.

– Narimon Ahmadjonov bugun ajoyib gol urdi, lekin o'sha chiroyli gol urishiga qaramay, ikki-uch daqiqadan so'ng zaxiraga oldingiz. Buning sababi nima?

– Narimonning yuragi katta. Katta yurak va katta o'pka. U yig'inlarni eng yaxshi o'tkazganlardan biri. Bugun, bilasizmi, u umuman o'ynamasligi kerak edi, chunki bizning tarkibimiz yosh. Lekin uning ishga bo'lgan munosabati, yig'inlardagi munosabati... U birorta ham mashg'ulotni qoldirmadi, intensiv ishladi. Bugun ertalab uyg'onganimda, u asosiy tarkibda o'ynashga loyiq deb o'yladim. Xudo uni qo'lladi. U yaxshi uzatma amalga oshirgan edi, lekin to'p darvozaga kirib ketdi. Hazil. Lekin u juda yaxshi o'yinchi, uni kuzatish kerak, chunki u o'yinchi sifatida juda aqlli va texnik jihatdan juda kuchli.

– Nega uni almashtirdingiz?

– Chunki uning o'pkasi katta, ko'p yugurdi. U yuklama tufayli charchadi. Shuning uchun uni almashtirdik.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика