So’nggi yangiliklar

19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  2 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  7 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  2 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3 16:53Артета Кай Хаверцнинг сирини ошкор қилди  1 16:28Эрон терма жамоаси делегацияси Тошкентга етиб келди  7 15:55Жанлуижжи Доннарумма: "Танқидлар билан ишим йўқ"  0 15:10Руни: "Эрик тен Хаг – ажойиб мураббий, аммо ҳозир қийин даврни бошдан кечирмоқда"  1 14:45Упамекано ҳам сафдан чиқди ва Франциянинг ўйинларини ўтказиб юборади  1 14:14Остон Ўруновнинг жароҳати жиддий бўлиб чиқмади ва у терма жамоага ёрдам бера олади   12 13:56"Goal" АПЛнинг XXI асрдаги энг яхши мураббийлари рейтингини тузди  7 13:39Бугун Тошкентга учиб келадиган футболчи Италия А сериясига кўчиб ўтмоқда  3 13:07"Барселона" "Камп Ноу" абонементларининг сотувини бошлади  0 12:40Эрон билан ўйинда ишлайдиган ҳакам Даврон Ҳошимовга қизил карточка кўрсатган  6 12:22Майну Англиянинг бўлажак ўйинларини ўтказиб юборади, Кейн — таркибда  0

Ilhom Mo'minjonov: "Bu sirligicha qolgani maqul" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Bu sirligicha qolgani maqul"

Superliganing 8-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Navbahor" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

“Paxtakor”ni g'alaba bilan tabriklayman. SHuningdek, futbolchilarimizga ham rahmat aytaman. “Navbahor” g'alaba uchun kelgandi. Ammo bugungi bahsda raqib jamoa futbolchilarining mahorati o'z so'zini aytdi. Masharipov va Bezerra individual mahorati evaziga gol kiritildi. Bunda futbolchilarimni ayblay olmayman. Bu futbol. O'yin durangga mos bo'ldi. Lekin durang qayd etilishi kerak bo'lgan bellashuvda mag'lubiyatga uchradik. Bu mag'lubiyat bizni yanada kuchli qiladi, - deb gap boshladi Ilhom Mo'minjonov.

-  “Navbahor” uyda va safarda boshqa-boshqa o'yin ko'rsatmoqda. Natijalar ham har xil. Bu nima bilan bog'liq?
-  “Navbahor” faqatgina uy jamoasi emas. Bizni uy jamoasi deyishayotganiga asosiy sabab, ikki yildan buyon uyda mag'lub bo'lmayapmiz. SHu boisdan ham odamlar bizni uy jamoasi deb o'ylamoqda. Ko'plab jamoalar safarda har doim ham g'alaba qozonishmaydi. Uyda esa istalgan raqibni mag'lub etamiz. O'tgan mavsumda safarda ko'plab ochkolarni jamg'argandik. Bu yil esa hozircha 4 ochko ishladik. To'g'ri, bu kam, asta-sekinlik bilan safarda ham ko'plab ochkolar olamiz. Hozirgi mavjud tarkib bilan shu darajaga etishganimizdan xursandman. Futbochlilarim bilan faxrlanaman.


-  Rahbariyat tomonidan mavsum avvalida “Navbahor” chempionlik kurashishi aytilgandi. Hozirgi jamoa bilan Superligada aynan qaysi o'rin uchun kurasha olishga ko'ziz etadi?
-  Biz rahbariyat qo'ygan vazifani bajaramiz. “Navbahor” kamida kuchli uchlikka kirish yoki chempionlik uchun kurashadi. CHunki, qo'l ostimdagi futbolchilar sovrindor bo'lishga loyiq.

-  O'tgan matbuot anjumanida klubdagi bazi insonlar men yig'gan tarkibga ishonmayapti deya takidlagandingiz. Klubda ishlashga sizga kimdir to'sqinlik qilyaptimi? Aynan o'sha siz aytib o'tgan insonlar kim?
-  Bu sirligicha qolgani maqul. Hech kim meni ishimga to'sqinlik qilmayapti.

-  “Navbahor” asosan agressiv futbol ko'rsatmoqda. Jamoa pozicion hujum tashkil etishda oqsamoqda. Gollar asosan standart vaziyatlardan urilmoqda.
-   To'g'ri, rahbariyat ham aynan shu kamchiligimiz xususida tanbeh berdi. Kelgusida aynan pozicion hujum tashkil etish xususida ishlaymiz. Ammo unutmangki jahon futbolida gollar asosan standart vaziyatlardan kiritiladi.


Jahongir Mehmonov: Mag'lubiyatga loyiq o'yin ko'rsatmadik. Ilhom Mo'minjonov “Navbahor”ni top jamoalar safiga qo'shishga harakat qilmoqdalar. Yaxshi o'ynayapmiz. Kelgusi o'yinlarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Bugungi bahsda o'zimizning birgina xatoimiz evaziga mag'lub bo'ldik. Bu futbol. Bunda kimdir xato qiladi va kimdir g'alaba qozonadi. SHunday mag'lubiyatlar bizni kelgusida ham futbolchi sifatida o'stiradi. Bizga ishonayotgan barchani ishonchini oqlashga harakat qilamiz.
Qaysi mag'lubiyat alamli bo'ldi. Jizzaxdagimi yoki bugungi?

Har bir mag'lubiyat alamli. Jizzaxda 2:0 hisobida oldinda borib turib mag'lub bo'lganimiz ko'proq alam qilgan.


Reyting: +55   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика