So’nggi yangiliklar

08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  0 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  0 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  5 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  11

Ilhom Mo'minjonov “Navbahor”ning bir qator futbolchilarini o'yinni sotishga undagani uchun 50 million so'm jarimaga tortildi hamda 5 yilga futboldan chetlatildi Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov “Navbahor”ning bir qator futbolchilarini o'yinni sotishga undagani uchun 50 million so'm jarimaga tortildi hamda 5 yilga futboldan chetlatildi

O'FA Etika qo'mitasi taqdim qilingan hujjat va dallilarni o'rganib chiqib, bugun 1 aprel kuni O'FA binosida yakuniy yig'ilishini o'tkazdi.

O'zbekiston futbol associaciyasi Etika qo'mitasining 2019 yil 20 fevraldagi  02/2019 sonli  yig'ilish qaroriga asosan, O'FA Futbol faoliyatini nazorat qilish boshqarmasiga Namanganning “Navbahor-Lochinlari” PFK klubi sobiq bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonovning kelishilgan o'yinlarga aloqadorligi yuzasidan o'rganish va surishtiruv ishlarini olib borish yuklatilgandi.

O'zbekiston futbol associaciyasi Futbol faoliyatini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan Ilhom Mo'minjonovning faoliyatiga qonuniy baho berish maqsadida u bilan birga faoliyat olib borgan futbolchilar va rasmiy shaxslar suhbatga chaqirildi hamda ular bilan suhbatlar o'tkazildi. Aniqlangan malumotlar natijasida yig'ilgan bir qator hujjat-dalillar ko'rib chiqish uchun O'FA Etika qo'mitasiga taqdim qilindi.

O'FA Etika qo'mitasi taqdim qilingan hujjat va dallilarni o'rganib chiqib, bugun 1 aprel kuni O'FA binosida yakuniy yig'ilishini o'tkazdi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan O'FAning Futbol faoliyatini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan ishga oid taqdim etilgan malumotlardan hamda Intizom va odob-axloq (etika) qo'mitasining bildirgan fikr va mulohazalaridan kelib chiqib, yig'ilish qaror qildi:

1. “Navbahor lochinlari” PFKning sobiq bosh murabbiysi Mo'minjonov Ilhom 2017 yil mavsumida kelishilgan o'yinlarni tashkil qilish, jumladan, o'yin natijasiga tasir qilish maqsadida “Navbahor lochinlari” PFKning bir qator futbolchilarini o'yinni sotishga undagani uchun, O'FA intizom kodeksining 5.44. bandiga asosan:

- 50.000.000 (ellik) million so'm miqdoridagi jarimaga tortilsin
- O'FA Intizom va odob-axloq (etika) qo'mitasining 2019 yil 2 fevraldagi 01/2019-sonli yig'ilish qarori bilan 1 (bir) yil muddatga futbol bilan bog'liq har qanday faoliyatdan chetlashtirilganligini inobatga olib, 4 (to'rt) yil muddatga futboldagi har qanday faoliyatdan chetlashtirish, umumiy hisobda 5 (besh) yil muddatga chetlashtirilsin.

2. “Surxon” PFK texnik direktori SHaripov SHerzod qo'mitaga va O'FAning rasmiy vakillariga surishtiruv jarayonida yolg'on ko'rsatma berganligi va qo'mitani vaziyat yuzasidan qaror chiqarishda chalkashtirishga harakat qilgani uchun 2019 yil futbol mavsumi oxiriga qadar futbol bilan bog'liq har qanday faoliyatdan chetlashtirilsin.

3. “Surxon” PFK jamoasi sardori Jabborov Dilshod “Navbahor lochinlari” PFKning sobiq bosh murabbiysi Mo'minjonov Ilhomga 2017 yil mavsumida kelishilgan o'yinlarni tashkil qilishga yordam berganligi va futbolchilarni o'yinni sotishga undagani, shuningdek, qo'mitaning yozma va og'zaki so'rovlariga etibor bermay uzrli sababsiz qo'mita yig'ilishlariga kelmaganligi uchun O'FA intizom kodeksining 5.52. bandiga asosan 2019 yil futbol mavsumi oxiriga qadar futbol bilan bog'liq har qanday faoliyatdan chetlashtirilsin.

SHuningdek, yig'ilish davomida futbol sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, murabbiylar va futbolchilar kim bo'lishidan qati nazar kelgusida bunday holatlarni sodir etadigan bo'lsa, belgilangan tartibda jazoga tortilishi malum qilindi.

Reyting: +171   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика