Ilhom Hamroev: "O'yinni to'liq nazorat qildik"
27 sen 2022 17:40
Yangiliklar
Ilhom Hamroev: "O'yinni to'liq nazorat qildik"
Kuvaytda futzal bo'yicha Osiyo Kubogi bahslari start oldi.
"B" guruhi doirasida O'zbekiston futzal terma jamoasi Turkmanistonga qarshi bahs olib bordi. Unda vakillarimiz yirik 8:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Uchrashuvdan keyin terma jamoamiz futbolchisi Ilhom Hamroev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Musobaqani muhim bo'lgan g'alaba bilan boshladik. O'yinda yuzaga kelgan vaziyatlarimizdan unumli foydalandik va o'yinni to'liq nazorat qildik. SHu jihatlar evaziga bellashuvda g'alaba qozondik, deb o'ylayman.

Keyingi raqibimiz Tojikiston bo'ladi. Ularga qarshi ko'p marotaba to'qnash kelganmiz. Ularga qarshi oson o'yin bo'lmagan. SHuni inobatga olib, faqat va faqat g'alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. Keyingi o'yinga astoydil tayyorgarlik ko'ramiz”, – deya fikrlarini yakunladi Hamroev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar