Ikardi: "Menimcha, mavsumdagi eng yaxshi o'yinlarimizdan birini o'tkazdik"
17 apr 2016 03:06
Yangiliklar


Ikardi: "Menimcha, mavsumdagi eng yaxshi o'yinlarimizdan birini o'tkazdik"
"Inter" sardori va hujumchisi Mauro Ikardi "napoli" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng jamoasi o'yinini maqtadi.
"Menimcha, bu bahs mavsumdagi eng yaxshi o'yinlarimizdan biri bo'ldi. Biz har doim oxirigacha kurashamiz. Yanvarda jamoamizning o'yinida pasayish kuzatilgandi. Ammo hozirda jamoamiz yaxshi sport formasida. Kiritgan golimdan xursandman. SHuningdek, bugun nafaqat gol kiritdim, balki ikkinchi golda assistentlik qildim. Bu har doim ham bo'lavermaydi. Jamoamiz yaxshi o'yin namoyish etmoqda va bugun juda muhim bo'lgan uch ochkoni qo'lga kiritdik. Ishonchim komil, "Roma" bugungi o'yinimizni tomosha qilgan va ular ayni paytda yuqori bosim ostida qolishdi", - deydi Ikardi.
O’xshash yangiliklar
08:50
MLS. 8 ta gol urilgan uchrashuvda "Inter Mayami" mag'lubiyatga uchradi, Suares ikkita gol urdi 46

Fikrlar