Igor Surov: "Neftchi" futbolchilarining mahorati o'z so'zini aytdi
28 fev 21:28
Yangiliklar
Igor Surov: "Neftchi" futbolchilarining mahorati o'z so'zini aytdi
- Bugungi o'yin haqida fikrlaringiz...
- Hammaga salom. Natijadan qoniqqanim yo'q. Kurash taklif etib, ochko qo'lga kiritish maqsadida kelgandik. Standartlar va raqib futbolchilarining mahorati o'z so'zini aytdi. Ikkita standart holat rejalarimizni barbod qildi. Shundan keyin hammasini o'zgartirishga to'g'ri keldi. Ikkinchi taymda 2:0 paytida 1-2 vaziyatdan foydalana olganimizda o'yinni qutqarib keta olgan bo'lardik. Afsuski, vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. O'yin oxirida ham qarshi hujumdan keyin gol o'tkazib yubordik. Kamchiliklarimiz ko'rindi, ularning ustidai ishlaymiz.

- Mavsumoldi yig'inda tarkibga bir qancha legionerlar jalb qilindi. Bugun hammasidan ham foydalanmadingiz. Bunga nima sabab bo'ldi?
- Ularda kichik jarohat bor. Shu tufayli asrashga qaror qildik.
- "Mashal" hujumlarida ko'p marotaba uzoq masofadan zarbalar yo'lladi, ammo deyarli barchasi muvaffaqiyaciz chiqdi. Olisdan zarba berish bo'yicha ko'rsatma berganmidingiz?
- Raqib futbolchilarining mahoratini yana bir bor etirof etishim lozim. Ular olisdan zarbalar berishga majbur qilishdi. Aytib o'tganimdek, 2-3 ta qulay vaziyatimiz bo'ldi, jarima zarbalariga ega bo'ldik, biroq ulardan foydalana olmadik. Uzoqdan zarba berish bo'yicha taktik ko'rsatma berilmagandi. O'yindan kelib chiqib shunaqa bo'ldi.

- "Mashal" rahbariyati oldingizga qanday maqsadni qo'ygan?
- Biz maksimal natijaga erishishni xohlaymiz. Maqsadimiz — har bir uchrashuvda g'alaba qozonish.
- O'z jamoangiz darvozabonining o'yinini qanday baholaysiz?
- Uchrashuvni tahlil qilib chiqamiz. Shundan so'ng bir xulosaga kelamiz. U qo'pol xatolarga yo'l qo'ymadi. Biz unga ishonamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar