So’nggi yangiliklar

15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  0 15:19ЎзЭл Классикосига превью  6 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  4 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  14 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  5 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  2

Igor SHkvirin: "G'alabani birinchi ustozimning xotirasiga bag'ishlayman" Yangiliklar

Igor SHkvirin: "G'alabani birinchi ustozimning xotirasiga bag'ishlayman"

Oliy liganing 6-turidan o'rin olgan "Olmaliq" - "Qizilqum" uchrashuvidan so'ng ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Uning ikkinchi qismida maydon egalari bosh murabbiyi Igor SHkvirin qatnashdi.

Igor SHkvirin ("Olmaliq" jamoasi bosh murabbiyi):
O'yin ancha keskin va asabiy ruhda o'tdi. Futbolda 1:0 hisobi qaltis hisoblanadi. Birgina xato seni g'alabadan mahrum etishi mumkin. Bu bahsda bizga raqib bo'lgan jamoa har tomonlama shakllangan va tajribali futbolchilarga ega ekanligini o'yin davomida isbotlashdi. Yaratilgan vaziyatlardan yanada unumli foydalanganimizda, so'nggi o'n daqiqa davomida qiyin vaziyatga tushib qolmasdik. Bugun o'yin arafasida bir noxush xabar meni xafa bo'lishimga sabab bo'ldi. Futbolda shu darajaga etishimda va meni katta futbolga qadam tashlashimga sababchi bo'lgan ustozim Vagif Rustamov olamdan o'tdi. Bugungi g'alabani o'zbek futbolida o'zini salmoqli hissani qo'shgan marhum ustozimni porloq xotirasiga bag'ishlayman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика