So’nggi yangiliklar

10:50Аббосбек Файзуллаев индивидуал тикланиш машғулотларини бошлади  2 10:15Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин нима қилишни истаётганини айтди  4 09:27"Барселона" мураббийи клубдаги ҳолат сабабли жамоадан кетмоқчи  4 09:00Алонсо мағлубиятдан сўнг нималар деди?   34 08:33Роналду ўғлига 300 минг долларлик автомобиль совға қилди   4 08:05Ўзбекистон МТЖ аъзоси муваффақиятли операция қилинди   4 07:39U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун ўсмирларимиз ўз юришларини бошлайди  14 03:21ЕЧЛ. "Атлетико" ва "Тоттенхэм"да ғалаба. "Ювентус" яна дуранг ўйнади  2 03:05ЕЧЛ. "Бавария" меҳмонда ПСЖни таслим этди. Диас четлатилди, Дембеле жароҳат олди  15 03:00ЕЧЛ. ​"Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди  177 01:31Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" меҳмонда "Ал Садд" устидан ғалаба қозонди, "Ал Иттиҳод" "Шаржа"га умуман имконият қолирмади  0 01:05ЕЧЛ. "Арсенал" йирик ҳисобда ғалаба қозонди. "Наполи" ва "Айнтрахт" дуранг қайд этишди  6 01:04Максим Шацких: "Қанақа натижа бўлишини ўйиндан кейин кўрамиз"  5 00:58U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги кундан ўрин олган учрашувлар натижаси билан танишинг  0 00:27Палмер "Барселона"га қарши ўйингача сафга қайтиши мумкин  1

Igor Sergeev: "Qozog'iston safida 5 nafar jamoadoshim bor. Ammo maydonda do'stlik bo'lmaydi" Yangiliklar

Igor Sergeev: "Qozog'iston safida 5 nafar jamoadoshim bor. Ammo maydonda do'stlik bo'lmaydi"

O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev Qozog'iston va Rossiya bilan kechadigan uchrashuvlar oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Qozog'iston terma jamoasi bilan o'ynayotganimizdan xursandman. CHunki ular bilan to'qnash kelmaganimizga ancha bo'lib ketdi. SHaxsan men eslolmayman. Qiziqarli o'yin. Borimizni berishga harakat qilamiz. Bizda ham, Qozog'istonda ham mavsum yakunlangan. Rossiyada esa chempionat boshqacha. Aynan shunday raqiblar bilan o'ynash qiziqarli kechadi",- deydi Igor Sergeev. 

- Bu terma jamoaga qarshi to'p tepish qolganlardan farqli ravishda siz uchun boshqacha bo'lsa kerak...

- Albatta. Raqib safidagi 5 kishi jamoadoshlarim. Ha, jamoada kim-kimni yutishi borasida o'ziga hos hazillar bo'ldi. Maydonda do'stlik bo'lmaydi. Uyda o'ynaymiz. Muxlislar ko'z o'ngida g'alaba istagida harakat qilamiz. Umid qilamanki, ko'p ishqibozlar tashrif buyuradi. 

- Klubingizdagi faoliyatingiz haqida. "Tobol" evrokuboklarga yo'llanma oldi...

- Keyingi mavsumda "Tobol" evrokuboklarda qatnashadi. Biz uchun qiyin mavsum o'tdi. Ko'p ochkolar yo'qotdik. Murabbiy o'zgardi. Qaysidir joyda zaxirada o'tirdim. Qaysidir pallada maydonga tushdim. Vazifani minimum bajardik. 

- "Tobol" bilan shartnomangiz bor to'g'rimi? Keyingi rejalar qanday?

- Yana bir yil shartnomam bor. Hayotda hamma narsa bo'lishi mumkin. Biz doim eng yaxshi variantni tanlaymiz. Keyingi yil rejalari borasida biror narsa deya olmayman. 

- Oldindagi mundialda kimga muxlislik qilasiz? Musobaqaning qishda Qatarda o'tayotganiga qanday qaraysiz?

Jahon chempionatida aniq bir terma jamoaga muxlislik qilmayman. CHiroyli futbol tarafdoriman. Deylik Portugaliya, Angliya kabi top jamoalarni kuzatishim mumkin. U erda bo'lishni istagandik. Ammo, hayot davom etadi. Qishda Qatarda bo'lishi ajablanarli joyi yo'q. Yozda u er juda issiq bo'ladi. Yangi zamnoaviy maydonda iqlimni nazorat qilish mumkin. Bu ko'p terma jamoalarga qulay 

- Jamoangiz safiga qachon borib qo'shilasiz?

-  Hali qachon yig'ilishimiz nomalum. Terma jamoa o'yinlaridan keyin oilam bilan tatilni o'tkazaman. Klubda bu borada malumot beriladi. Balki yangi yildan oldin yoki yanvarda yig'ilarmiz. Aniq gap ayta olmayman.

 


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика