Ignatiy Nesterov: "Menga raqobatlashish yoqadi"
30 avg 2015 04:32
Yangiliklar
Ignatiy Nesterov: "Menga raqobatlashish yoqadi"
"Bo'lajak o'yinlarga yaxshi kayfiyatda tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Mashg'ulotlar ko'ngildagidek o'tmoqda. Yangi taktik ustida ish olib borilmoqda. Yangi mashg'ulotlar o'tkazilmoqda. Umuman mashg'ulotlar jarayoni qiziq o'tmoqda. Tartibsizliklar yo'q, hammasi qattiqqo'llik bilan kechmoqda. Raqobat? Albatta, har bir jamoada raqobat bo'ladi. Men buni to'g'ri qarshi olaman. Menga hamkasblarim bilan raqobat qilish yoqadi. Eldor Suyunov, Aleksandr Lobanov darajasidagi darvozabonlar bilan birga ishlayotganimdan xursandman. Bu men uchun yoqimli. Bu erda hammasi ish bzasidan. O'rtamizda do'stona munosabatlar o'rnatilgan. Hammamiz bir-birimizni qo'llab-quvvatlaymiz. Men har doim maydonga tushishga tayyorman. O'zbekiston sharafini himoya etish uchun oxirigacha kurashaman va buning uchun barcha narsaga tayyorman. Men vatanparvar insonman va jamoam uchun nima deyishsa shuni bajaraman. Bo'lajak o'yinlar? Futbolda har narsa bo'lishi mumkin. Bu futbol. Bizning asosiy maqsadimiz esa bitta - g'alaba qozonish. Oldimizda turgan uchrashuvlardan olti ochkoni ishlab olishimiz zarur. Biz shuning uchun mashg'ulotlarga ter to'kmoqdamiz", - deydi Ignatiy Nesterov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar