So’nggi yangiliklar

10:18Гризманн "Атлетико" тарихидаги ушбу натижага эришган илк футболчига айланди  1 09:52"Қайрат" бош мураббийи "Реал"дан учралган мағлубият ҳақида фикр билдирди  2 09:25ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Аргентина ўйинларда иштирок этишдан бош тортди, биз эса Уругвай билан келишувга эришдик"  4 09:07Sofascore. "Галатасарой"га мағлуб бўлган "Ризеспор"нинг ҳимоясидаги энг катта баҳони Алиқулов олди  8 08:58Мбаппе: "Буни унутишга ҳеч қачон ҳаққимиз йўқ"  7 08:50МЛС. 8 та гол урилган учрашувда "Интер Майами" мағлубиятга учради, Суарес иккита гол урди  0 08:02ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" "Ал Аҳли"ни меҳмон қилади  2 07:35Бум! Ўзбекистон мундиал стартидан олдин ЖЧ мезбони билан ўйнайди  12 02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  6 01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  5 00:34ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  2 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  5 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  108 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  6 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  1

Igalo: "Har kuni ertalab uyqudan turganimda o'zimni "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi ekanligimni his qilaman" Yangiliklar

Igalo: "Har kuni ertalab uyqudan turganimda o'zimni "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi ekanligimni his qilaman"

O'tgan mavsumda ijara asosida "Manchester Yunayted" tarkibida harakat qilgan Odion Igalo mankunianliklar tarkibidagi hayoti haqida gapirdi.

"Manchester Yunayted"da qolishimga imkoniyat juda kam edi. Mening yoshimdagilar ko'proq o'yin amaliyotini istaydi, menga esa maosh ham kerak emasdi. Ko'proq o'ynashni istagandim.

Juda ham xursandman, yo'llarim "Manchester Yunayted" bilan kesishdi. Bu klubni butun bir yuragim bilan sevganman va doimo tarkibida o'ynashni orzu qilganman. Murabbiydan, sobiq jamoadoshlarimdan va muxlislardan minnatdorman.

"Vest Xem" yoki "Vest Bromvich" orqali APLda qolishim mumkin edi. Ammo Angliyaning, balki, dunyoning eng katta klublaridan biri bo'lgan "Manchester Yunayted" tarkibida o'ynaganimdan keyin APLda yana nima qilishim kerak?

"Tottenxem"? Ha, yaqin edim. Agentim qo'ng'iroq qilib, klubdagilar menga Xitoydagi kabi maosh to'lay olishini aytdi. Biroq "Manchester Yunayted" menga qiziqish bildirganini eshitib, qolgan barcha takliflarni rad qildim.

Maoshimning qisqarishi meni qiziqtirmadi. Asosiysi - bolaligimdan buyon muxlislik qilgan "Manchester Yunayted"da o'ynasam bo'lgani edi. Hudodan mingdan ming minnatdorman. Har kuni ertalab uyqudan turganimda o'zimni "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi sifatida his qilaman.

Garchi "Manchester Yunayted"da o'ynamayotgan bo'lsam-da, Nigeriyada muxlislar har kuni ismim tushirilgan klub liboslarini sotib olishadi. Bazida Manchester shahrining o'zidan liboslarga buyurtma beraman va ularni mahalliy insonlarga tarqataman.

"Manchester Yunayted" tarkibidagi ilk nigeriyalik futbolchi bo'lganimdan g'ururlanaman. Agar yana bu haqida gapirsam, yig'lab yuborishim mumkin. CHunki juda ham minnatdorman.

Klubdagi eng yorqin onlar? Barchasi! Har kuni ertalab o'rnimdan turib, mashg'ulotlarga borishim eng zavqli onlar bo'lgan. Yigitlarni ko'rish, kulishlarini, gapirishlarini eshitish... Har bir ondan lazzat olganman.

Ijara muddati uzaytirilganidan keyin deyarli o'yinlarga tushirilmadim. Balki bu adolatsizlikdir. Ammo klub libosini kiyib, klub sharafini himoya qilish uchun imkon bergan barchadan minnatdorman. Klubga kelishimdan oldinoq har bir uchrashuvda maydonga tushmasligimni bilganman.

Sulsher? U o'yiningiz o'xshamay turgan paytda nima deyishni yaxshi biladi. Uni qattiq hurmat qilaman. CHunki aynan u sababli "Manchester Yunayted"ga bordim. Usiz buning iloji yo'q edi.

U juda aqlli murabbiy. Taktik tomondan ham. "Manchester Yunayted"ga yaxshi futbolchilarni olib kelishni biladi, qo'l ostidagi barcha futbolchilarning ko'zlari yonib turadi. Bu esa juda yaxshi holat.

APLda titul? Oldinda 6-7 o'yin bor. Ammo "Siti"ning 3 o'yinda mag'lub bo'lishini kutmayapman. Qiyin bo'lishini bilib tursam ham, har kuni "Manchester Yunayted"ning chempion bo'lishiga duo qilib turibman.

Lingard? Uning o'yinlaridan ajablanganim yo'q. U doimo mashg'ulotlarda yuqori tempda ishlaydi. "Manchester Yunayted" tarkibida maydonga tushganda ham o'zini yaxshi ko'rsata olardi.

"Manchester Yunayted" kabi klubda o'ynagandan keyin doimo bosim his qilib turarkansiz. Bazida bu futbolchiga juda qattiq bosim beradi. "Vest Xem" "Manchester Yunayted" kabi buyuk emas. Agarda ushbu klubga o'tganimda o'zimda kamroq bosim his qilgan bo'lardim.

Albatta, Lingardda "Yunayted"da o'ynash uchun imkoniyat bor. Ammo u zaxirada o'tirish uchun jamoaga qaytmasa kerak deb o'ylayman. CHunki ayni damda u muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda. Agarda u oldingidek ishonch bilan "Yunayted"ga qaytsa, balki, asosiy tarkibda ham o'ynashi mumkin. Bu esa "Yunayted" uchun juda foydali.

Kavani? "Manchester Yunayted" ilk kundanoq futbolchini qo'llab-quvvatlaydi. Klubdagilar mening "Yunayted"da qolishimni taklif qilishgandi. Ammo barchaning o'z qarashlari va qarorlari bor", - dedi Igalo.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика