So’nggi yangiliklar

11:00Ўзбекистон терма жамоасининг БАА билан ўйин учун тахминий таркиби  5 10:37"Барселона" ёзда бомба трансферни амалга оширмоқчи  6 09:58"Арсенал"нинг яна бир етакчиси терма жамоада жароҳат олди  0 09:20"Реал Мадрид"нинг 32 ёшли футболчиси жароҳатлар сабаб фаолиятини якунламоқчи  2 08:40"Андижон" бош директори Рубин Хебайнинг жамоага келиши ҳақидаги саволга жавоб берди  5 08:08Гвардиола Чемпионлар лигасида қайси жамоага тўқнаш келишни истамаслигини айтди  11 07:31ЖЧ-2026 Саралаш. Бугун БААга қарши майдонга тушамиз  22 06:01Ёрқин Назаров: "БАА ақлли жамоа, ғалаба қозонмаслик мундиал вазифасини қийинлаштиради"  8 01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  2 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  3 01:44Миллатлар лигаси. Коло Муанининг голлари Францияга Бельгия устидан ғалабани тақдим қилди  0 01:40Миллатлар лигаси. Италия Исроилни йирик ҳисобда таслим қилди  6 01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  1 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  3 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  5

Ichki hissiyot. "Nasaf" Toshkentda, AGMK Namanganda ochko oladi Yangiliklar

Ichki hissiyot. "Nasaf" Toshkentda, AGMK Namanganda ochko oladi

Futbol qiziq sport turi.

Unda har doim ham taxminlar, mulohazalar to'g'ri chiqavermaydi. Lekin tavakkal qilish zarar qilmasligi aniq. "Nasaf"ning o'z maydonida "Bunyodkor"dan ochko yo'qotishini hamon mendan ko'radiganlar etarlicha. "Ajdarlar"ning uyda "Neftchi"ga yutqazishiga kim aybdor? Yani jurnalist ahmoq emaski, shunchaki yozib yuboraveradigan. Barchasi aniq faktlar, tahlillarga asoslanadi. Quyida yana bir bor ichki hissiyotga tayangan holda chempionlikni qo'lga kiritishi mumkin bo'lgan qolgan ikki jamoaning imkoniyatlarini chamalashga harakat qilaman. 

"Nasaf" Toshkentda "Olimpik"dan ochko oladi

Bu durang yoki g'alaba bo'lishi mumkin. Safarda ochko olish bo'yicha tuzilgan jadvalda qarshiliklar eng yaxshi natijani qayd etib turibdi. Etiborli jihati, 14ta klub orasida "ajdarlar" mehmonda mag'lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo'lib turibdi (O'tgan mavsumdagi natijasini yaxshiladi). 12ta o'yin, 9ta g'alaba, 3ta durang. Raqiblar darvozasini 22 bor ishg'ol qilgan va darvozasidan 6ta to'p olib chiqqan. Umumiy hisobda 30 ochko jamg'arishni uddaladi. Ikkinchidan bu yil Toshkentga uch bor kelgan "Nasaf" uchta klubni ham mag'lubiyatga uchratdi. "Lokomotiv" (1:0), "Bunyodkor" (4:1), "Paxtakor" (1:0). Jamoa uyda ko'p vaziyat yaratadi, lekin foydalanish yani realizaciya past. Safardagi uchrashuv uydagiga nisbatan biroz kamroq golli vaziyat yaratyapti. Ammo ulardan foydalana olyapti. "Nasaf"da chempionlik uchun umid yo'qolmagan. Qarshiliklar parallel kechadigan o'yinda "sherlar"ning ochko yo'qotishiga ko'z tikkan holda uch ochko ilinjida harakat qilishadi. 



AGMK Namangandan ochko bilan qaytadi 

Olmaliqliklar finishga yaqin o'yinni yaxshigina kuchaytira olishdi. Bir qancha ko'rsatkichlar borasida ham o'sish kuzatildi. So'nggi 5ta uchrashuv natijalariga ko'ra, AGMK "Paxtakor" va "Navbahor"dan (13tadan ochko) so'ng 12 ochko bilan uchinchi o'rinni egallab turibdi. Eng ko'p gol urish bo'yicha esa ikkinchi o'rinda. Mirjalol Qosimov shogirdlari raqiblarga 14ta to'p sovg'a qildi, darvozasidan esa 2ta gol o'tkazib yubordi. Ikkinchidan safarda yoki uyda bo'lsin o'zi yaratgan vaziyatlarning deyarli barchasidan samara chiqara olyapti. Misol uchun AGMK o'tgan turda "Olimpik" darvozasiga 6ta aniq zarba yo'llagan va ularning barchasi darvozaga kirgan. Farg'onada "Neftchi" bilan bahsda darvoza tomon bergan 5ta aniq zarbadan 3tasi gol bilan yakunlangan. "Dinamo"ga qarshi kechgan o'yinda 7ta aniq zarbadan 4tasi gol. Bu o'yinlarda katta sahnaga chiqqan Martin Boake raqiblar posbonlarini 5 marotaba ranjitdi. 

"Navbahor"da realizaciya yomonmas. Ammo o'yin davomida AGMKga nisbatan golga tortadigan vaziyatlar kamroq yaratmoqda. Deylik, "Metallurg" bilan bahsda namanganliklar raqib tomonda 82 marotaba hujum qilgan, ularning 49tasi xavfli chiqqan. Darvozaga 2ta aniq zarba bergan. Ularning bittasi gol bilan yakunlangan. 


O'zaro o'yinlarga nazar solamiz, AGMK uch yildan beri "Navbahor"dan safarda ochko tortib olmoqda. Umuman jamoalarning Namangandagi oxirgi ikki uchrashuvida hisob ochilmagan, 5 mavsumdan beri darvozalarga bittadan oshiq gol urilayotgani yo'q. Ertaga "Navbahor" g'alaba uchun maydonga tushadi. Ular Toshkentda "Paxtakor"ning mag'lubiyatiga umid qilgan holda bor kuchlarini ishga solishlari tabiiy. AGMK mavsumni to'rtinchi o'rinda yakunlashi aniq bo'lgan. Mehmonlar birinchi davradagi mag'lubiyatga revansh olish va muxlislarni xursand qilish maqsadi ostida to'p tepishadi. 

Demak ertaga stadionda ko'rishguncha, deb qolamiz. Jamoalar jangga tayyormisiz? 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика