Husniddin Nishonov: "Jamoadoshlarim kelgusi yil ham tarkibda qolsa, titullarni himoya qilamiz"
06 iyu 2022 00:32
Yangiliklar
Husniddin Nishonov: "Jamoadoshlarim kelgusi yil ham tarkibda qolsa, titullarni himoya qilamiz"
Futzal bo'yicha O'zbekiston kubogining final bahsidan so'ng turnir g'olibi "Jizzax-Kenteks" azosi Husniddin Nishonov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bugungi g'alabadan juda xursandman. O'zbekiston chempionati hamda kubogi g'olibiga aylandik. Bunday natija har kimga ham nasib qilavermaydi. SHuningdek, shiddatli kurash taklif etgan "Paxtakor" jamoasiga ham rahmat aytaman.
Birinchi taymda qiyinchiliklarga duch keldik. Ikkinchi bo'limda esa o'z uslubimizni yuzaga chiqara oldik.
Bir-biriga o'xshash ikki gol kiritishim raqib darvozabonining aybi bilan sodir bo'lmadi. SHunchaki, o'sha vaziyatlarda o'zimga qulay nuqtada turganim uchun o'z uslubimda zarba yo'lladim.
Hozirgi jamoadoshlarim kelgusi yil ham tarkibda qoladigan bo'lsa, titullarni o'zimizda saqlab qolishga harakat qilamiz", — deydi hal qiluvchi bahsning eng yaxshi futbolchisi.
O’xshash yangiliklar
12:43
Futzal bo'yicha Osiyo kubogiga qura tashlandi. O'zbekiston Yaponiya va Avstraliya bilan bir guruhda 5
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar