Husniddin Aliqulovning jarohati bo'yicha malumot. Futbolchi Osiyo kubogida ishtirok eta oladimi?
11 jan 2024 22:00
Yangiliklar
Husniddin Aliqulovning jarohati bo'yicha malumot. Futbolchi Osiyo kubogida ishtirok eta oladimi?
Milliy terma jamoamizning Falastin bilan bo'lgan mashg'ulot o'yinining birinchi bo'limida himoyachi Husniddin Aliqulovni og'riq bezovta qildi va murabbiylar uni almashtirishdi.
SHifokorlar tomonidan Aliqulovga zarur muolajalar ko'rsatildi. Dastlabki ko'rikda uning avvalgi jarohati yana qaytalangani malum bo'ldi. SHundan so'ng Qatardagi «Aspetar» klinikasida uning holatini o'rganish bo'yicha kerakli amaliyotlar bajarildi. Terma jamoamiz tibbiy shtabi barcha xulosalarni o'rganib chiqdi va Aliqulovning tuzalib qaytishiga taxminan 4 hafta vaqt talab etilishi malum bo'ldi. Bu esa unga Osiyo kubogi mobaynida jismoniy holati hamda sport formasini to'liq tiklashga to'sqinlik qiladi. Yosh himoyachimizga salomatlik tilaymiz!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar