So’nggi yangiliklar

02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  1 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  0 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  2 23:58Шквирин "Андижон"да  3 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  4 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  6 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  9 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  4 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  5 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  10 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  19 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  21

Hozir eng kuchli serb futbolchisi - Matich. "So'g'diyona"da o'ynayotgan Mitrovich bilan suhbat Yangiliklar

Hozir eng kuchli serb futbolchisi - Matich. "So'g'diyona"da o'ynayotgan Mitrovich bilan suhbat

Jizzaxning "So'g'diyona" klubi yozgi transferlar oynasi vaqtida o'z safiga bir qator legionerlarni qo'shib olgan edi.

Ular orasida serbiyalik darvozabon Milan Mitrovich ham bor. 1991 yilda tug'ilgan posbon Superligada bir qator o'yinlarda maydonga tushishga ulgurdi. 30-turda Sergey Lushan boshchiligidagi jamoa Farg'onada "Neftchi" mehmoni bo'lib 1:0 hisobida g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi. Ushbu bahsda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan Milan Mitrovich bilan suhbatlashishga qaror qildik.

- "So'g'diyona"ga kelgunga qadar qaysi klublarda o'ynagansiz?

- Faoliyatimni Serbiya birinchi ligasida boshlaganman. 2014/2015 yilgi mavsumda "Moravac Mrshtane" sharafini himoya qilganman. 30ta o'yinning 28tasida maydonga tushgandim. Afsuski klub quyi divizionga tushib ketgandi. Bugungi kunda "Lokomotiv" tarkibida o'ynayotgan Husniddin G'ofurov "Yavor" safida mening darvozamga gol urgan edi. Keyin uch mavsum davomida Makedoniyaning "Sileks" klubida o'ynadim. Kratovo shahri jamoasi safida 2016 yilda Makedoniya chempionati bronza medaliga ega chiqqanman.



- "So'g'diyona"ga o'tish qanday sodir bo'ldi?
- Klubdagilar mening agentim bilan bog'lanib jamoaga darvozabon kerakligni aytishgan. Agentim menga qo'ng'iroq qilib O'zbekistonda o'ynaysanmi deb so'radi. O'ylab ko'rdim va taklifga rozi bo'ldim. Tez orada Jizzaxga etib keldim va shartnomaga imzo chekdim.

- Bunga qadar O'zbekiston mamlakati haqida eshitganmidingiz?
- To'g'risi O'zbekiston futboli haqida hech nima bilmas edim. Qanday jamoalar borligini ham bilmasdim. Lekin shunday mamlakat borligini albatta bilardim. Uning buyuk tarixi haqida ko'p eshitganman.

- "So'g'diyona" klubi haqida nima deya olasiz?
- Klub yaxshi tashkil etilgan. Barcha bir maqsad yo'lida xizmat qilmoqda, murabbiylar, futbolchilar va oddiy xodimlargacha barchamiz bir oilamiz. "So'g'diyona" hozir egallab turgan o'rindan teparoqda bo'lishga loyiq edi. Ammo bu futbol. Qiyin holatga o'zimiz tushdik va undan o'zimiz chiqib ketishimiz kerak. "So'g'diyona" kuchli oltilikda o'ynashga haqli jamoa deb o'ylayman. Keyingi yillarda menimcha shunday bo'ladi ham.

- Yarim yil davomida bizning mamlakatimizda o'ynadingiz. O'zbek futboli haqida qanday fikrdasiz?

- O'zbek futboli Evropa futboliga o'xshab ketadi. O'yinlar juda tez o'tadi, raqib xato qilsa darhol jazolanadi va ko'plab kuchli futbolchilarga ega. O'zbekistondagi futbol menga yoqadi.



- O'zbekiston chempionatidagi eng kuchli futbolchi deb kimni aytgan bo'lardingiz?

- Bu juda ham qiyin savol. Bu erda ko'plab yaxshi saviyadagi o'yinchilar bor. Legionerlar va mahalliy futbolchilarni ajratishni istamagan bo'lardim. Agar bir futbolchini tanlash shart bo'lsa men "Lokomotiv" klubi hujumchisi Marat Bikmaevni aytgan bo'lardim.

- Keyingi yil ham "So'g'diyona"da qolasizmi?

- To'g'risi bu haqda hozir o'ylayotganim yo'q. Bor etiborimni qolgan ikki o'yinga qaratganman. Dastlab chempionatni tugatib olaylik, keyin agentim bilan maslahatlashib keyingi taqdirimga oydinlik kiritib olamiz.

- Yoshlikdan kimning o'yinlariga havas qilgansiz?

- Dunyoda ko'plab kuchli darvozabonlar bor. Lekin men kichkinaligimdan ispaniyalik Iker Kasilyasning o'yinlariga havas qilib kelaman. U "Real" safida ko'plab sovrinlar yutgan. Bundan tashqari Ispaniya terma jamoasi bilan birga Evropa va Jahon chempioni bo'lgan. Uning darvozadagi harakatlari juda tezkor va aqlli. Bugungi kunda yoshi ancha katta bo'lsa ham Portugaliyaning eng kuchli klubida o'ynamoqda va ECHLda rekordlarni urishda davom etmoqda.

- Serbiyada juda ko'p Mitrovich familiyali futbolchlar bor. Ular orasida qarindoshlaringiz bormi?

- To'g'ri aytdingiz. Serbiyada Mitrovichlar juda ko'p. Aleksandr Mitrovich, Dalibor Mitrovich, Nikola Mitrovich, Stefan Mitrovich va boshqalar. Lekin men hech biri bilan qarindosh emasman. Bundan ham qizig'i "Partizan" tarkibida Milan Mitrovich o'ynaydi. Yani ismi ham, familiyasi ham men bilan bir xil (kuladi).

- Sizningcha ayni paytda Serbiyaning eng kuchli futbolchisi kim?

- Hozirgi kundami? Menimcha "Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Nemanya Matich. Qolgan futbolchilar xafa bo'lishmaydi deb o'ylayman.

- Qaysi klubda o'ynashni orzu qilasiz?

- "Real Madrid" (kuladi). Agar jiddiy aytadigan bo'lsam Serbiyaning eng kuchli ikki klubi "Partizan" yoki "Crvena Zvezda" safida o'ynashni orzu qilaman. Ishonchim komilki istalgan serbiyalik yosh futbolchi mana shu klublardan birida o'ynashni istaydi.



- O'zbekistonda ko'plab shaharlarda bo'ldingiz. Qaysi shahar sizga ko'proq manzur keldi?

- Jizzax juda chiroyli shahar ekan. Poytaxt Toshkent ham ancha rivojlangan va go'zal. Bundan tashqari menga tarixiy obidalari ko'p bo'lgan Samarqand ham yoqdi.

- Superliga formati haqida nima deysiz?

- Bu ligada o'ynash oson emas. Istalgan klub raqibni mag'lub etishi mumkin. Buni oxirgi ikki oyda kuzatdik. Masalan, O'zbekiston kubogi finalida barcha "Paxtakor" yutadi deb o'ylagandi, yakunda AGMK g'alaba qozonib ketdi. Oldinda ikkita tur qoldi va maksimal ochko to'plashni maqsad qilganmiz.

- Muxlislar haqida fikringiz qanday?

- Jizzaxlik muxlislar menga juda yoqdi. Stadionda doim ajoyib muhit bo'lmoqda. Bunaqasini kamdan-kam kurganman. Xatto mag'lub bo'lsak ham, ular bizni qo'llab-quvvatlashadi. Og'ir kunimizda yonimizda bo'lishdi va bizni olg'a undashdi. G'alabali onlarda esa birga bayram qildik.

Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика