So’nggi yangiliklar

12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  1 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  1 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  3 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1 10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  2 09:50Зайниддин Тожиев Пролига жамоасида иш бошлади  2 09:14"Бухоро" беш нафар футболчини рўйхатдан ўтказди  2 08:40"Пахтакор" футболчисини "Динамо"га ижарага берди  3 08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  0 07:402026 йилги жаҳон чемпионатига қуръа ташлаш маросими қаерда ва қачон бўлиб ўтиши маълум  6 00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  3 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  3 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0

Hokim vadasini bajarib avtomobil sovg'a qildi va Andijon polkasiga raqsga tushdi Yangiliklar

Hokim vadasini bajarib avtomobil sovg'a qildi va Andijon polkasiga raqsga tushdi

Kecha Superligada 5-tur uchrashuvlariga start berildi.

Vodiyda "Andijon" jamoasi Qarshining "Nasaf" klubini qabul qildi. Ushbu uchrashuv joriy mavsum "Sog'lom Avlod" stadionidagi ilk bahs bo'ldi va ochilish o'yini viloyat uchun o'zgacha bayramga aylandi. Kecha viloyat hokimi Andijonda tushdan keyin hammaga dam elon qilgani haqida xabar bergan edik. Bundan tashqari, hokim kechagi o'yindan bir kun oldin futbolchilar bilan uchrashgan va ularga "Nasaf"ga qarshi o'yin uchun pul mukofotlari, bundan tashqari jamoa g'alaba qozongan taqdirda yarim himoyachi Farhod Bekmurodovga "Lasetti" (Gentra) avtomobili sovg'a qilishini vada bergan edi.

Agar ertaga "Nasaf" mag'lub etilsa, "Andijon" futbolchisiga "Jentra" avtomobili sovg'a qilinadi

Superliga. "Andijon" o'z maydonidagi ilk uchrashuvda "Nasaf"ni mag'lub etdi 

"Nasaf" ustidan 3:1 hisobidagi g'alaba qo'lga kiritilganidan keyin stadionning o'zida shaxsan viloyat hokimi SHuhratbek Abdurahmonovning o'zi futbolchilarning har biriga 10 million so'mdan pul mukofoti tarqatib chiqdi.


O'yin tugashi arafasida oldindan olib kelib qo'yilgan "Lasetti" (Gentra) avtomobili "Sog'lom Avlod" stadioniga kirib keldi.


Avtomobilni vada qilinganidek Andijon viloyat hokimi SHuhratbek Abdurahmonovning o'zi Farhod Bekmurodovga sovg'a qildi.


O'yinchilar taqdirlab bo'linganidan so'ng "Andijon" azolari hokim bilan birga muxlislar oldiga borib g'alabani nishonlashdi. "Islandcha xuk" nishonlashda hokimning o'zi ham ishtirok etdi.

Andijon xalqi mavsumdagi birinchi g'alaba bilan muborakbod etildi.


KEyin esa SHuhratbek Abdurahmonovning o'zi ham futbolchilar bilan birga "Andijon polkasi"ga raqsga tushdi.


Bir so'z bilan aytganda, kechagi kun Andijon xalqi uchun chinakam bayramga aylanib ketdi. Stadiondagi muxit esa maksimal darajada alo bo'ldi.



Tolibjon Qosimov, Andijondan maxsus

P.S. "Andijon" - "Nasaf" uchrashuvidan suratlarni sal turib tomosha qilishingiz mumkin bo'ladi.

Reyting: +96   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика