So’nggi yangiliklar

19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   0 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  1 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  2 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  8 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0 13:50Instagram орқали мураббий излаётган Ҳиндистон Хавига рад жавобини берди  14

Hokim kubogi. "Qo'qon-1912" so'nggi daqiqalarda urilgan gollar evaziga "SHerdor"ni mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

Hokim kubogi. "Qo'qon-1912" so'nggi daqiqalarda urilgan gollar evaziga "SHerdor"ni mag'lubiyatga uchratdi

Farg'ona davlat universiteti stadionida bugun Farg'ona viloyati “Hokim kubogi-2019” musobaqasining “B” guruhi 1-tur uchrashuvlariga start berildi.

Turning birinchi uchrashuvida “Qo'qon-1912” Samarqandning “SHerdor” jamoalari o'zaro bellashdilar.

Uchrashuv kutilganidek “Qo'qon-1912” jamoasining faol harakatlari bilan boshlandi. O'yinning dastlabki daqiqalardan qo'qonliklar “SHerdor” jamoasi darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishgan bo'lsada, biroq uchrashuvdagi birinchi gol “SHerdor” futbolchilari tomonidan kiritildi. Uchrashuvning samarqandliklarning 7-raqamli futbolchisi Maradona Safarov “Qo'qon-1912” darvozasiga gol kiritib, hisobni ochdi 1:0.




SHundang so'ng “Qo'qon-1912” futbolchilari hisobni tenglashtirish uchun ketma-ket hujumlar tashkil etgan bo'lsalarda, vaziyatlar gol bilan yakunlanmadi. Birinchi bo'lim 1:0 hisobida “SHerdor” jamoasining hisobdagi ustunligi bilan yakuniga etdi.

Uchrashuvning ikkinchi bo'lim qo'qonliklarning shiddatli hujumlar ostida boshlandi. Ketma ket uyushtirilgan hujumlar nihoyat samara keltirdi. 57-daqiqada SHaxboz Erkinov jarima zarbasidan etkazib berilgan to'pni darvozaga aniq yo'lladi – 1:1.




Uchrashuvning 90-daqiqasida “Qo'qon-1912” futbolchilari ikkinchi golni kiritishdi. Jarima maydonchasiga oshirilgan to'pni Muhammadanas Hasanov darvozaga aniq yo'lladi 1:2  Oradan bir oz vaqt o'tgach,  Suhrob Berdiev qo'qonliklarning uchinchi golini kiritdi - 1:3

SHuni alohida takidlash joizki, Pro-Liga vakili “SHerdor” jamoasi bugungi uchrashuvda kuchli raqibga qarshi jiddiy qarshilik ko'rsatdi. Samarqandliklar tomonidan tashkil etilgan ko'plab hujumlar bazi vaziyatlarda darvozabon mahorati evaziga bartaraf etilgan bo'lsa, ayrimlarida berilgan zarbalarga aniqlik etishmadi.  
Uchrashuv shu tariqa “Qo'qon-1912” jamoasining 1:3 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etdi.




“Hokim kubogi-2019”
“V” guruhi
“SHerdor” –  “Qo'qon-1912” – 1:3 (1:0)
Hakamlar: 
Olim To'ychiboev, SHoxrux Azamov, Ravshan Kopadze, SHoxrux SHaripov.
Nazoratchi: Sulton Zaylobiddinov.
Gollar: Maradona Safarov – 26. – SHaxboz Erkinov – 57,  Muhammadanas Hasanov (90), Suhrob Berdiev (90+2).
“SHerdor”:  27. Ravshan Yagudin, 5. Ubaydullo Nabiev, 7. Maradona Safarov, 8. Muhammad Rajabov, 9. Abdulla Nabiev, 11. Islom SHaripov, 14. Jasur Qurbonov, 15. Saddam Boymamatov, 18. G'olib Sariboev, 19. Farzin Muxtorov, 33. Bunyod Isroilov.
Zaxira: 1. Farhod Rahmatov, 10. Ilhom Yunusov, 20. SHohjahon Abbosov, 23. Maqsud Mahmudov, 44. Asadbek Tolibov, 77. Farrux Faxruddinov.
“Qo'qon-1912”: 71. Sarvar Karimov, 4. Bahodir Akramov, 7. Jamshid Hasanov, 11. Timur Hakimov, 15. Oybek Rustamov, 19. Suhrob Berdiev, 22. Murod Xolmuhammedov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 65. Marko Milich, 70. SHaxboz Erkinov, 78. Bexruz Sadilloev.
Zaxira: 30. Islom Abdullaev, 9. Nosir Otaqo'ziev, 14. Avaz Mamatxo'jaev, 17. Quvondiq Ro'ziev, 79. Iqbol Malikjonov, 96. Muhammadanas Hasanov, 97. Timur Usmonov.


Bekzod Tolibov tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика