So’nggi yangiliklar

08:02ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" "Ал Аҳли"ни меҳмон қилади  0 07:35Бум! Ўзбекистон мундиал стартидан олдин ЖЧ мезбони билан ўйнайди  6 02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  5 01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  2 00:34ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  2 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  4 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  105 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  5 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  1 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  1 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  8 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" ўз майдонида "Нефтчи"га мағлуб бўлди, "Машъал" эса "Бухоро" билан дуранг ўйнади  4 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  1 21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0

Hokim kubogi: “Qizilqum” finalga yo'llanma oldi Yangiliklar

Hokim kubogi: “Qizilqum” finalga yo'llanma oldi

Teglar :  Qizilqum
Avval xabar qilganimizdek, Farg'onada davom etayotgan ananaviy “Viloyat hokimi kubogi” turniri uchrashuvlari hal qiluvchi pallaga kirdi.

Musobaqaning “V” guruhida qatnashayotgan Navoiyning “Qizilqum” jamoasi so'nggi turda Andijonning “O'zDongJu” futbolchilari bilan kuch sinashdi. Konchilarning to'liq ustunligida kechgan mazkur bahsda 4:1 hisobi qayd etildi va “Qizilqum” o'z hisobidagi ochkolari sonini 13 taga etkazib olgan holda finalga yo'llanma oldi. Uchrashuvda gollarni navoiyliklardan Alisher Xoliqov, Andrey Derkach, Vyacheslav SHevchenko hamda Samandar SHodmonovlar kiritgan bo'lsa, javob to'pi andijonliklardan Ilhom Ikromov hisobiga yozildi.

HAKAMLAR HUJJATIDAN KO'CHIRMA:

Viloyat hokimi kubogi

“V” guruhi, 5-tur

2016 yil 4 fevral

“O'zDongJu-2” (Andijon) - “Qizilqum” (Navoiy) - 1:4 (0:1).

Hakamlar
: SHohrux Azamov, Qahramon Sobirov, Xurshid Meliqo'ziev (barchasi - Farg'onadan).

“O'zDongJu”: Muhammad Zokirov, Habibullo Qobulov, Bobur Olimjonov, Salohiddin Jamoliddinov, Umid Abdumalikov, Dilmurod Abduqahhorov, Bobur Abdullaev, SHokir Odiljonov, Hojiakbar Burotov, Mirkomil Qosimov, Abduqahhor Nazirov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Muhammadali Ashurov, Hikmatillo Otaboev, Ilhom Ikromov, Ilhom Odilov, Said Muhamadinov, Sarvar Hamidullaev, Muhammadali Hakimov.

“QIZILQUM”: Artyom Makosin, Georgiy Kvesieshvili, Akmal Rustamov, Alisher Yusupov, Fayzulla Qambarov, SHerali Jo'raev, Samandar SHodmonov, Ilhom Yunusov, Andrey Derkach, Vyacheslav SHevchenko, Alisher Xoliqov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Ruslan Vagapov, Boburjon Iskandarov, Bobur Mamirov, Behzod G'anijonov, G'ayrat Jumaev.

Gollar: Alisher Xoliqov (32), Andrey Derkach (52), Vyacheslav SHevchenko (54) hamda Samandar SHodmonov (57), Ilhom Ikromov (63-pen.).


Endi Hamidjon Aktamov rahbarligidagi “Qizilqum” futbolchilari 7 fevral kuni finalda “Neftchi-1” jamoasiga qarshi maydonga tushadilar.

Malumot o'rnida shuni takidlash kerakki, Farg'onada o'tayotgan yig'inga nigeriyalik ikki nafar futbolchi kelib qo'shilgandi. Afsuski, markaziy himoyachi Sandey Agada hamda hujumchi Oke Ivuzi mashg'ulotlarda murabbiylar ko'rigidan o'ta olishmadi va ortga qaytishga majbur bo'ldilar.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика