So’nggi yangiliklar

00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  1 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  7 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  2 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  0 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 22:30"Челси" яқин келажакда натижалар яхшиланмаса, Марескани истеъфога чиқариши мумкин  3 21:56Роберто Ди Маттео мураббийлик фаолияти тиклаш ҳақидаги саволга жавоб берди  1 21:31Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди  15 20:55"Барселона" гол уриш бўйича рекорд ўрнатди  0 20:39Килиан Мбаппе Испания Суперкубоги финалида ўйнаши мумкин  0 19:49"Реал" марокашлик футболчиси билан 2030 йилгача бўлган битим имзолайди  2 19:35"Олимпик" ўйинчиларига маошининг ярмидан воз кечиш таклиф қилинмоқда  5 18:49Мбаппе жароҳат олди  7 18:37Жейми Каррагер: "Жезус Дьокерешдан яхшироқ, бу факт"  6 17:51Орлов замонавий шарҳловчилар ҳақида: "Нотўғри урғулар қулоққа ғалати эшитилади. Баъзида ўйиндан жуда катта чалғишлар бўлади. Эфирда кераксиз сўзлар кўп бўлмаслиги керак"  7

"Hatto o'zim "Paxtakor" klubi prezidenti ekanligimni ham bilmasdim" – Jahongir Ortiqxo'jaev Yangiliklar

"Hatto o'zim "Paxtakor" klubi prezidenti ekanligimni ham bilmasdim" – Jahongir Ortiqxo'jaev

Tadbirkor va Toshkentning "Paxtakor" klubi prezidenti Jahongir Ortiqxo'jaev "Lolazor" podkastida poytaxt klubi boshqaruvi haqida gapirib berdi.

"Paxtakor"ni avval bir kompaniya boshqarardi, shahar hokimiyatining bosh og'rig'i yo'q edi. U kompaniya jamoani topshirgach, klub hokimiyatga qoldi. Men boshida tushunmadim o'zi. O'zim yoshligimda futbolga rosa qiziqqanman, keyinchalik ishlarim ko'payib ketib, qiziqmay qolganman", – deydi u.

Ortiqxo'jaev "Paxtakor" juda og'ir ahvolga tushib qolgani haqida aytdi.

"Oyliklar yo'q, SHota Arveladze ketadigan vaziyat bo'ldi. Bir kuni stadionga borib, o'yinni ko'rib, o'sha erdagi rahbarlar bilan ko'rishib, gaplashdim. Ular vaziyatni aytishib, "siz klubning prezidentisiz" deb qolishdi. O'zim klubi prezidenti ekanligimni bilmas ekanman. "Yo'g'e" desam, "shunaqa" deb, vaziyatni tushuntirishdi. Keyin oyliklarini o'tkazib berdik", – dedi tadbirkor.

Jahongir Ortiqxo'jaev klub hokimiyatga dahmazaligi, pul etkazib bo'lmasligini aytdi.

"Undan ko'ra qiladigan ishlari ko'p hokimiyatni. Ochig'i, o'zim pul o'tkazgani hijolat bo'lardim, "Paxtakor"ga falonchi pul o'tkazdi desa, hijolat bo'lardim. Ishxonamdagilarga iltimos qilardim, "yordam beringlar", "pul o'tkazinglar" deb. Keyin bilsam ular olayotgan oyligidan soliq to'lamas ekan, so'ng oyliklarini ochiqlashlarini aytdim. Ochiqlagandan so'ng hamma joyda shov shuv bo'lib ketdi. Jamoani tashlab ketmaysizda, shu bois o'tgan yili ham davom ettirdim", – deydi tadbirkor.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика