So’nggi yangiliklar

22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  0 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  0 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  16 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  2 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  21 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  31 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  1 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  3

Hasan Ro'ziev: "Hamidjon Aktamovdan uzr so'rayman" Yangiliklar

Hasan Ro'ziev: "Hamidjon Aktamovdan uzr so'rayman"

"Metallurg" - "Qizilqum" (2:1) uchrashuvidan keyin hakamlikdan chetlatilgan Hasan Ro'ziev "Futbol Ekspress" gazetasiga intervyu berdi.

"Metallurg" - "Qizilqum" uchrashuvida meni nima uchun chetlatishganini bilaman. CHunki shunga yarasha xato qilganman. "Metallurg" darvozasi tomon belgilanmagan penalti haqida gapiradigan bo'lsam, aslida o'sha vaziyatga yaqin turgandim. Lekin o'shanda futbolchi menga yon tomoni bilan turgandi. O'yinchining qo'li tanasidan qanchalik chiqib turgani ko'rinmagan. CHunki o'sha vaziyatdagi holat menga to'liq namoyon bo'lmagandi. Bu erda xato atayin qilinmagan. Men boshqa jamoalarni qanchalik hurmat qilsam, "Qizilqum"ni ham xuddi shunday ko'raman. SHunday ekan, "Qizilqum"dagi barcha futbolchilarni ham professional hisoblayman. Ammo o'sha uchrashuvda xato qildim va O'FA hamda PFL oldida o'z bo'ynimga olaman. Bu mening 100 foiz xatoim.

Aslida o'sha o'yin "Qizilqum" murabbiyiga qanchalik kerakligini shu paytgacha hali to'liq tushunib etganim yo'q. Misol uchun, boshqa uchrashuvlarda kerak bo'lsa bunda ham jiddiy xatolar bo'lgan, lekin o'yindan keyin matbuot orqali shov-shuv qilinmagan. Biroq "Metallurg"ga qarshi uchrashuvdan so'ng nima uchun OAV orqali bo'rttirib aytilganining tagiga eta olmadim. Vaholanki, bu "Qizilqum" jamoasi uchun oddiy o'yin edi.

Hamidjon Aktamovni professional murabbiy emas deb ayta olmayman. U ham rahbariyat oldida o'zini ko'rsatishga harakat qilayapti. Uning ham o'z oilasi, bola-chaqasi bor. Mayli, uni ham omadini bersin.


Masalan o'yindan keyin Aktamov yonimga kelib mana shu vaziyatda xatolik bo'ldi deb aytsa men albatta uni ko'rib chiqardim. Albatta, undan uzr so'rab meni ustimdan yozsangiz yozavering xatoimni tan olaman deb aytgan bo'lardim. Bo'ldi, bundan boshqa gap bo'lmasdi.

Hamidjon Aktamovni maslahatim: o'zini hurmat qilsin. Mirjalol Qosimov, SHota Arveladze, Ro'ziqul Berdiev, Andrey Fyodorov, Ulug'bek Baqoev, Ilhom Mo'minjonov kabi murabbiyla professional.

Boya aytganimdek, Hamidjonni hurmat qilaman. Tan olish kerak, u Navoiyda etiborli shaxslardan biri. Ko'p yillardan buyon Navoiy futbolini ko'tarishga harakat qilib kelmoqda. SHu o'ringa o'sha qilgan xatoim uchun Hamidjon Aktamovdan uzr so'rayman. Rasman aytaman: hurmatli Aktamov, oldingizda penalti masalasi bo'yicha uzr so'rayman.


Firdavsxon suhbatlashdi

Reyting: -87   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика