So’nggi yangiliklar

00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  104 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  5 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  7 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  1 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  32 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  16 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  75 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  9 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1

Har doim o'zini sher bilgan Zlatanning "Manchester Yunayted"dagi faoliyati haqida ajoyib hikoya Yangiliklar

Har doim o'zini sher bilgan Zlatanning "Manchester Yunayted"dagi faoliyati haqida ajoyib hikoya

"Manchester Yunayted"dan ketganidan keyin Zlatanning Evropadagi faoliyatiga yakun yasaldi.

Ibra uchun bunday saviyasiz yakun bo'lmasligi kerak ediBiroq u Evropani misli sher kabi tark etdi. 

Kecha "ManchesterYunaytedZlatan bilan tuzilgan shartnoma rasman bekor qilinganligini elon qildiBu ko'pchilik futbol muxlislari uchun qandaydir syurpriz xabardek tuyuldi. Albatta, noyabr oyida jiddiy jarohat olib, futbol o'ynashiga jiddiy qarshilik qilayotgan futbolchi o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan top-jamoaga kerak emasdi. 

Uning "Yunayted"dagi faoliyati yuqori darajada boshlangandi. U o'sha paytlarni eng baxtli onlar deb aytgandi. Zlatan jamoaning asosiy hujumchisi edi, raqib himoyachilariga har tomonlama bosim o'tkazardi. U debyutidayoq gol urdi va jamoasining Angliya Superkubogidagi g'alabasiga katta hissa qo'shdi. Oradan bir hafta o'tib, Angliya Premer-ligasidagi ilk bahsida ham raqib darvozasini ishg'ol etdi. Bu faqatgina boshlanishi bo'lgandi. 

U "OldTrafford"dagiilkmavsumida 28 golkiritdishuningdek, "Sautgempton"gaqarshibahsdahamdublqaydetibAngliya liga kubogi g'olibligiga erishdiJamoa muxlislari uning ismini baralla baqirishdan charchashmasdi. "Manchester Yunayted" yaxshi o'ynay olmayotgan vaqtida ham Zlatanning bir o'zi jamoani oldinga boshlardi. O'yinlariga qarasangiz uni 35 yoshga kirgan futbolchiga o'xshatib bo'lmasdi, "Yunayted"ning har bir uchrashuvida natijaga tasir etardi. Biroq, birgina jarohat uning o'yin sifatiga katta tasir o'tkazdi. 

U Evropa ligasi chorak finali doirasida "Anderlext"ga qarshi uchrashuvda tizzasidan jiddiy jarohatlandi. Uning tiklanishi uchun ko'p vaqt kerak bo'ldi, 7 oydan keyin yana safga qaytdi. Biroq har doimgidek u o'zini sher deb bilar, xuddi yoshgina Zlatanga o'xshardi. 


Ibragimovich so'nggi 13 mavsumning 12ta sovringa ega chiqdi. Gollandiya, Ispaniya, Italiya va Franciyada uning o'yinlariga tan berishdi, 6 jamoada to'p surdi. Albatta, 12 sovrin unga g'oliblik ruhini singdirdi. Bu esa uni yana katta futbolga qaytishiga zamin yaratdi. 

So'nggi 10 yilda u har bir mavsumda 20tadan ko'proq gol urdi, "Inter", "Barselona", "Milan", PSJ va "Yunayted", shuningdek, SHveciya termasining rekordini yangiladi. U juda mag'rur, dimog'dor bo'lsa ham, o'z ishining ustasi. Zamonaviy futbolda etishmayotgan personajlarni Zlatan chiroyli qilib to'ldirib bera oladi. 

Ko'pchilik uning "Barselona"dagi qisqagina faoliyatini yaxshi xotiralar bilan eslashmaydi. Uning o'zi ham ushbu jamoadan ketganligidan afsuslanmagan. Keyinroq Pep Gvardiolaning muxlisi bo'lmaganligini va ko'p bora kataloniyalik murabbiy bilan ishlagisi kelmasligini aytib o'tgandi. Zlatan Evropa chempionlar ligasi sovrinini boshi uzra baland ko'tarmagan bo'lsa-da, 33 marta sovrinlarga ega chiqqan, shulardan 13tasi Liga g'olibligidir. 

U baribir odam qiyofasidagi sher kabi bo'lib qoladi. Zlatanning o'zi aytganidek, u qarimaydi. U “Manchester Yunayted” bilan hayrlashdi. "Los Anjeles Gelaksi" bilan imzolanadigan yangi shartnoma esa yangi eraning debochasidir.

Mirjalol Normatov tarjima qildi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика