"Hammamiz olamdan o'tadigan kunimizdan qo'rqamiz. Lekin, hayot - bu o'lim ham demakdir"
21 avg 2024 13:56
Yangiliklar
"Hammamiz olamdan o'tadigan kunimizdan qo'rqamiz. Lekin, hayot - bu o'lim ham demakdir"
Sven-Yoran Eriksson xayrlashuv murojaatini yozdi.
Angliya terma jamoasi va ko'plab klublardagi faoliyati bilan mashhur bo'lgan shveciyalik mutaxassisga yanvar oyida saraton kasalligining terminal bosqichi tashxisi qo'yilgan edi.
- Yaxshi hayot kechirdim. O'ylashimcha, hammamiz olamdan o'tadigan kunimizdan qo'rqamiz. Lekin, hayot - bu o'lim ham demakdir. Uni boricha qabul qilishni o'rganishimiz kerak.
Siz meni qo'lidan kelgan barcha ishni qilishga harakat qilgan yaxshi inson sifatida eslab qolasiz deb umid qilaman. Xafa bo'lmang, tabassum qiling. Hammasi uchun rahmat, murabbiylar, futbolchilar, muxlislar... hammasi ajoyib o'tdi. O'zingiz va hayotingiz uchun g'amxo'rlik qiling. Uni yashang. Xayr!

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar