So’nggi yangiliklar

17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:27Суперлига. "Машъал" - "Шўртан". Таркиблар маълум  0 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  4 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  11 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  105 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  6 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  4 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  13 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1

Hamidjon Aktamov: “Yoshlarga ham tarkibda o'rin berishga harakat qilamiz” Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: “Yoshlarga ham tarkibda o'rin berishga harakat qilamiz”

“Qizilqum” - “Dinamo” jamoalari bahsidan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh menejeri Hamidjon Aktamov qatnashdi.

-  Ketma-ket ikki mag'lubiyatdan keyin muxlislarimizga yana g'alaba taqdim etganimizdan xursandmiz, - deya so'z boshladi Hamidjon G'ulomovich. - Keyingi uchrashuvlarni yuqori saviyada o'tkazishimiz uchun ham bugun g'alaba juda muhim edi. “Dinamo”da yangi bosh murabbiy ish boshlaganligi, tarkibga bir qator yangi futbolchilarning jalb etilganligi jamoa o'yinini ancha kuchaytirganligi ko'rinib turibdi.

-  Hozirda “Yoshlar” sport majmuasi yashil maydoni maysasi sifatini yaxshilash  maqsadida keng ko'lamda qurilish-bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. SHu bois, uy uchrashuvlarini vaqtincha “So'g'diyona” stadionida o'tkazyapmiz.

-  Keyingi o'yinda Toshkentda “Paxtakor” jamoasi bilan o'ynaymiz. Bu muhim o'yinga hozirdan tayyorgarlikni boshlaymiz. CHempionat jadvalida jamoalar  to'plagan ochkolar o'rtasida farq u qadar katta emas. Birgina g'alaba imkoniyatingizni oshirsa, aksincha mag'lubiyat jadvaldagi ahvolingizni og'irlashtirib yuborishi mumkin. SHu bois, har bir uchrashuvda faqat ijobiy natija qayd etish uchun maydonga chiqamiz.

-  Asta-sekin yoshlarga ham tarkibda o'rin berishga harakat qilamiz. Bugun yarim himoyachi Boburjon Iskandarov o'zining faolligi bilan boshqalardan ajralib turdi.U zaxiradan o'yinga qo'shilgan bo'lsa-da, o'zini yo'qotib qo'ymadi. Aksincha, qisqa vaqtda jamoadoshlari bilan til topishib ketganligini barchangiz ko'rdingiz. Iskandarovga o'xshagan o'yinchilar jamoamizda talaygina. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика