So’nggi yangiliklar

16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  0 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  8 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  4 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  14 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  5 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3

Hamidjon Aktamov: “Oltilikka kirish, bilmadim, folbin emasman” Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: “Oltilikka kirish, bilmadim, folbin emasman”

Superliganing 18-turidan o'rin olgan “Neftchi” - “Qizilqum” uchrashuvi (0:1)dan keyingi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Unda dastlab mehmonlar ustozi Hamidjon Aktamov savollarga javob qaytardi. 


- Mehmondagi g'alaba hamisha yoqimli bo'lgan, - deya so'z boshladi “Qizilqum” bosh murabbiyi. - Farg'onaga g'alaba uchun kelgandik va yakunda o'z maqsadimizga erishdik. O'yin biz uchun qiyin o'tdi, deya olmayman. Golga tortadigan etarlicha vaziyatlarni yuzaga keltira oldik. Ularning faqat bittasidangina unumli foydalandik. Muhimi, uch ochkoni qo'lga kiritdik. 

O'ylaymanki, “qora chiziq”dan chiqib ketdik va bundan buyon natijalarimiz ijobiy ko'rinishda bo'ladi. O'z navbatida bizni qo'llab-quvvatlab turgan va atayin Farg'onaga etib kelgan muxlislarga alohida minnatdorchilik bildiraman. Bugungi g'alabada ularning ham xissasi katta bo'ldi. 

“Neftchi” haqida ham iliq fikrlarni aytishim kerak. Faqat ularga xuddi bizda bo'lgani kabi ozgina vaqt kerak. Jamoa tarkibida yosh futbolchilar ko'p. Yodingizda bo'lsa biz ham shunday holatga tushib qolgandik.

“Qizilqum” kuchli oltikka kira oladimi? Bilmadim, folbin emas va oldindan bashorat qila olmayman. Jamoamiz shunga intiladi. Buni sizga aniq ayta olaman. 

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика