So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Hamidjon Aktamov: "Menimcha, o'yinimiz muxlislarga ham manzur bo'ldi" Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: "Menimcha, o'yinimiz muxlislarga ham manzur bo'ldi"

“Qizilqum” - “Olmaliq” jamoalari uchrashuvidan so'ng, mehmonlar bosh murabbiyi Igor SHkvirin matbuot anjumanida qatnashishni istamadi.

Jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga mezbonlar bosh menejeri Hamidjon Aktamov javob berdi.

-  “Olmaliq” tarkib borasida ancha shakllangan jamoa, - deya so'z boshladi Hamidjon G'ulomovich. - Ikkinchi  davrani bir muncha muvaffaqiyatsiz boshlagandik. Anchadan beri ko'p sonli muxlislarimiz g'alabalarimizni sog'inib qolishgandi. Raqib qaysi jamoa bo'lishidan qatiy nazar g'alaba qozonishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'ygandik. Bugun faqat kuchli ishtiyoq evaziga g'alaba qozondik, deb bilaman.  Menimcha,  o'yinimiz muxlislarga ham manzur bo'ldi. Jamoamizni faol qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

-  CHempionat oxirlagani sayin har bir uchrashuv shiddatli tus olmoqda. Qolgan o'yinlarda ochko yo'qotishga haqqimiz yo'q. Mavsumni yuqori kayfiyatda va munosib o'rinda yakunlashni mo'ljallaganmiz. Buning uchun imkoniyatimiz ham, kuchimiz ham etadi, deb o'ylayman.

-  Uy uchrashuvlarini o'tkazadigan “Yoshlar” sport majmuasida futbol maydoni maysasini almashtirish bo'yicha keng ko'lamli ishlarga amalga oshirilmoqda. SHu bois, bu yilgi mavsumni “So'g'diyona” stadionida yakunlaymiz. O'ylaymizki, kelgusi mavsumda har tomonlama xalqaro talablarga to'liq javob beradigan maydonda raqiblarimizni qabul qilamiz. Kelgusi rejalarimiz ham, jamoa oldiga qo'yiladigan maqsadlar ham shunga yarasha bo'ladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика