So’nggi yangiliklar

02:00Месси фаолияти ҳақида: "Бунинг якуни яқинлашиб келмоқда"  0 01:45ЖЧ-2026 саралаши. Гаттузонинг дебютида Италиядан йирик, Франциядан ишончли ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:19ОКМК назорат ўйинида Про-лига жамоасини икки марта мағлуб қила олмади  0 00:58Урмат Абдукаимов: "Ҳакамларнинг қарорлари футболчиларнинг фаолиятига катта таъсир ўтказади. Ҳакамлар ҳам шуни билиши ва ҳис қилиши керак"  5 00:47"Навбаҳор" ўртоқлик ўйинида "Нефтчи"ни мағлуб этди  4 00:23Лаутаро ЕЧЛ финалидаги мағлубият ҳақида: "5 кун гапира олмаганман"  0 23:45Лотар Маттеус: "Германия жуда ёмон ўйнади. Ҳисоб 5:0 бўлиб кетиши ҳам мумкин эди"  0 23:24Тимур Кападзе: "Жаҳон чемпионати учун аниқ режа? Барчаси ҳал бўлгунча кутиш керак"  20 22:55"Барселона" Ромеу клубдан кетганини маълум қилди  0 22:36"Реал" мухлислари жамоанинг август ойидаги энг яхши футболчисини танлаб олди  0 22:13ЛаЛига "Барселона"га рухсат берди  1 21:45CAFA Nations Cup. Ўзбекистон – Қирғиз Республикаси 4:0  23 21:26CAFA Nations Cup. Ўзбекистон 10 киши бўлиб қолган Қирғиз Республикасини йирик ҳисобда енгди. Финалдаги рақиб – Эрон  236 21:10Ўмон терма жамоаси мураббийи: "Кўплаб вазиятлар яратдик, аммо бор-йўғи иккита гол урдик"  11 20:54Ровшан Мередов: "Ушбу мусобақа орқали мундиаль иштирокчисига қарши ўйнадик"  5

Urmat Abdukaimov: "Hakamlarning qarorlari futbolchilarning faoliyatiga katta tasir o'tkazadi. Hakamlar ham shuni bilishi va his qilishi kerak" Yangiliklar

Urmat Abdukaimov: "Hakamlarning qarorlari futbolchilarning faoliyatiga katta tasir o'tkazadi. Hakamlar ham shuni bilishi va his qilishi kerak"

"CAFA Nations Cup-2025" 3-turidan o'rin olgan O'zbekiston – Qirg'iziston (4:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar terma jamoasi murabbiyi Urmat Abdukaimov matbuot anjumanida qatnashdi.

"Men yigitlardan mag'rurlanaman. Mundial ishtirokchisiga qarshi munosib o'ynadik. Afsuski bugungi uchrashuvda o'zimizga bog'liq bo'lmagan sabablar tufayli mag'lub bo'ldik. Ushbu musobaqa mamlakatimiz shanini munosib himoya qilgan barcha futbolchidan minnatdorman" - dedi Urmat Abdukaimov.

- Erjan Tokotaevning holati qanday?

- Uning holati haqida malumotga ega emasman, uni shifoxonaga olib ketishdi. Shu sababli Tokotaev kiyinish xonasida ko'rinish bermadi. Lekin eng kamida bosh chayqalishi bor edi.

- O'yinga tuzgan rejangiz qaysi vaziyatda ishlamay qoldi?

- Bir kishi kam bo'lib o'ynash qiyin. Ustiga-ustak raqib mahorat jihatdan kuchliroq bo'lganida. Chetlatishga qadar barchasi yaxshi edi, biz yaxshi o'ynab turgandik. Ketma-ket ikkinchi o'yindan buyon VAR qarori o'yin taqdiriga tasir o'tkazmoqda. Hakamlarning qarorlari futbolchilarning faoliyatiga katta o'tkazadi. Hakamlar ham shuni bilish va his qilishi kerak. Hakamlar ham xato qiladi. Har bir inson xatoga yo'l qo'ygani kabi. Imkon qadar shunday xatolar kamaysa yaxshi bo'lardi.

- O'monga qarshi o'yindan keyin ham hakamlik haqida gapirgan edingiz. Bugun ham shu haqda aytib o'tdingiz. Kuni kecha Karlush Keyrush ham ijtimoiy tarmoqdagi sahifalaridan birida hakamlik bo'yicha norozilik bildirdi. Ushbu musobaqadagi hakamlik darajasiga qanday baho berasiz? Masalan, O'zbekiston - Qirg'iziston uchrashuvida tojikistonlik hakam ishladi...

- O'tgan o'yindagi vaziyatlarni ko'rib chiqdim. Bekor qilingan gollarimiz mayli, lekin raqib futbolchisi qizil kartochka bilan jazolanishi kerak edi. Bir xil vaziyat ikki xil talqin qilinmoqda. Bugungi uchrashuvdagi vaziyatlarning takrorini hali ko'rganim yo'q, balki hakam to'g'ri qaror chiqargandir. Birinchi hissiyot salbiy bo'ldi. Kiyinish xonasida ham futbolchilar bilan shu haqda gaplashdik. Qizil kartochka masalasida savollar bor.

Bilasizmi, men barchasini tushunaman. Biz Markaziy Osiyo mamlakatlarimiz va bir xil mentalitetga egamiz. Ushbu qarorlarning sababini ham tahminan bilaman. Bunga bizning mentalitetimiz sababchi. Futboldagi hamkorlik qanday olib borilishi bunga sabab.

- Jamoangiz raqib darvozasi oldida deyarli xavfli vaziyat yarata olmaganiga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz? Hujumdagi sust harakatlar yoki raqib himoyasining kuchligigi?

- Qizil kartochkaga qadar O'zbekiston bizning darvozamizga bitta aniq zarba yo'llagan edi. Biz raqib pressing ostidan chiqib ketayotgan edik. Shuningdek, ushbu musobaqada to'liq tarkibimiz bilan ishtirok etmayapmiz. Ayrim futbolchilarimiz Osiyo Kubogi U23 saralash musobaqasida ishtirok etmoqda. Raqib tarkibini ham to'g'ri baholashimiz kerak. Bugun terma jamoamiz tarkibida uch nafar futbolchi debyut qildi.

- Tokotaev va Kojo kabi terma jamoa etakchilari O'zbekiston chempionatida to'p tepishmoqda. O'zbekiston chempionatining darajasiga qanday baho berasiz?

- Superliga o'yinlarini stadiondan turib ko'rmaganman, ammo daraja ancha yuqori deb ayta olaman. Ayniqsa bizning chempionatimiz bilan solishtirganda. Masalan, o'zbek klublari OCHL musobaqalarida muntazam ishtirok etadi. Bizda esa faqatgina bir jamoa, u ham bo'lsa OFK Chaqiruv Kubogida. Qirg'iz futbolchilari Superligada o'ynashi terma jamoa uchun foydali bo'ladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

+1   
06 sen 01:03:27
Bekzod Sharipov
Himoya haqida savol g'irt bemani bo'libdi. Raqibni hurmat qilish kerak. Qizildan keyin himoya chizig'i muhokama qilinmaydi. Ustiga ustak qizil adolatsiz va raqib o'rtamiyona edi fikrimcha.
+1   
06 sen 01:03:08
jamshid rakhmonov
Бугун Темур Кападзени туғилган куни эди. Байрам бузилмасин деб, ҳакамлар ортиқча харакат қилиб юборишди. Жаҳон чемпионатида қайтар дунё бўлади. Нима бўлганда ҳам Темурни туғилган куни билан табриклайман. Кейинги, ЖЧ дан кейин Про лига жамоалари ёки Малайзия МТЖ ларида ишлаб қолишини истамайман. Табриклаймиз!
   
06 sen 01:49:37
Баходир Милан
Ўйин бузилмасин деб қизил бермаслик керак деган қоида борми? Аббос бирга-бир чиқарди йиқитмаганида сўнгги умид фоли бўлгандан кейин 100%қизил бўлади хакам нима қилсин. Қўлига текканида ўйин холати эди пеналти қўймадику хакам тўғри ишлади валлоху аълам.
   
06 sen 00:59:33
Adis Azizxanov
катта "таъсир" утказди
-1   
06 sen 01:08:21
REAL MADRID
Катта ўтказади? Нима ўтказади?
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика