So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  15 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  20 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Hamidjon Aktamov: “Doimo o'ylagan rejalaring amalga oshavermaydi” Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: “Doimo o'ylagan rejalaring amalga oshavermaydi”

“Qizilqum” - “Metallurg” uchrashuvidan so'ng, ikkinchi bo'lib mezbonlar futbol klubi bosh menejeri Hamidjon Aktamov jurnalistlar bilan o'z fikrlarini o'rtoqlashdi.

-  Bugungi o'yin muxlislarga ham manzur bo'ldi, deb o'ylayman, - deya so'z boshladi Hamidjon G'ulomovich. - Afsuski, jamoamiz azolari uchrashuvda ular kutganidek futbol namoyish qila olishmadi.  “Metallurg” futbolchilari  o'yinlarini tahlil qilib, chuqurroq o'rganishga harakat qilgandik.  Biroq, jamoamiz azolarining dastlabki bo'limda raqibni mensimay maydonga tushganligi yakunda qimmatga tushdi. Qolaversa, chempionat oxirida ayrim futbolchilarimizning jarohat tufayli maydonga tushmaganligi ham bugun salbiy tasir qildi.

-  Aksariyat vaziyatlarda yigitlarimiz uyushtirilgan hujumlarga mavsum to'purari Bahriddin Vahobov orqali ijobiy nuqta qo'yishni mo'ljallashgandi. Ammo raqib himoyachilari bunga yo'l berishmadi. Agar sodir etilgan xavfli vaziyatlardan unumli foydalanganimizda, bugun bemalol g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Nachora, bu futbol!  Afsuski, doimo o'ylagan rejalaring osonlikcha amalga oshavermaydi.

-  Jamoamiz oldiga muxlislarga manzur bo'ladigan o'yin namoyish etib, g'alabalar qozonish vazifasi yuklatilgan. Yashirmayman, bizning moliyaviy ahvolimiz kamtarona. Biz ham kuchli legionerlarni jalb etishni juda istaymiz. Ammo hozirgi imkoniyatimiz bunga yo'l bermaydi.

- Asosan mahalliy futbolchilar xizmatidan foydalanyapmiz. Yana bir turdan so'ng, navbatdagi chempionat nihoyasiga etadi. Garchi, safarda o'ynasak-da, unda faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz. Navoiyda ko'pchilik havas qiladigan futbol maydoni barpo etildi. Kelasi mavsumdan boshlab  uy uchrashuvlarimizni “Yoshlar” sport majmuasida o'tkazamiz. Navoiyda kuchli va raqobatbardosh jamoa shakllantirishni rejalashtirganmiz. Bu borada bosqichma-bosqich ishlar amalga oshirilmoqda. Yangi mavsum oldidan tarkibda ham, murabbiylar shtabida ham jiddiy o'zgarishlar amalga oshiriladi. Navoiyda futbolni juda sevishadi. Buni har bir uchrashuvga tashrif buyurayotgan tomoshabinlar soni ham tasdiqlab turibdi.  Maqsadimiz esa avvalo ana shu muxlislar ishonchini oqlashdir. Bu yo'lda bor kuch va imkoniyatimizni ishga solishga harakat qilamiz, albatta.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика