So’nggi yangiliklar

13:13U-20 жаҳон чемпионати-2027. Финалга Ўзбекистон мезбонлик қиладими ёки Озарбайжон?  0 12:50Суперлиганинг 23-турида ҳакамлик таҳлили: нотўғри четлатиш ва белгиланмаган пенальти  0 12:25ЎФА "тилга кирди" ва Каннаваро билан музокаралар ўтказилаётганини маълум қилди  28 12:22Фати "Монако"да ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Барса"дан ижарага олинган вингер 3 та ўйинда 4 та гол урди  2 11:58"Реал", "Атлетико" ва МЮнинг собиқ 28 ёшли футболчиси "Интер Майами"га ўтиши мумкин  2 11:27МЮ ва "Ман Сити" "Бавария" футболчи билан боғланди  5 10:58Мареска "Ливерпуль"нинг ҳозирги даражасини баҳолади  2 10:35Андро Гиоргадзе: "Суперлигада қолиш учун курашишимиз керак"  0 10:12"Қўқон-1912" 7 йиллик танаффусдан сўнг Олмалиқдан ғалаба билан қайтган учрашувдан ГАЛEРEЯ  1 10:02ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Мен бу циркнинг бир қисми бўлишни истамадим"  57 09:40"У яқин кунларда келишини эшитдим. Барчаси душанба куни ҳал бўлади" — МТЖ мураббийи Каннаваро ҳақида  21 09:16Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Европанинг кучли терма жамоалари мураббийларидан кўра кўпроқ маош олади  43 08:30Клейди Даци: "Биз учун энг муҳим нарса - кўпроқ очко тўплаш"  0 08:02Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор  2 07:32Постекоглуга сўнгги имконият берилди  9

Hamidjon Aktamov: “Davralar oralig'ida bir qator kuchli futbolchilarni jalb etishni mo'ljallayapmiz” Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: “Davralar oralig'ida bir qator kuchli futbolchilarni jalb etishni mo'ljallayapmiz”

Oliy liga sakkizinchi turidan joy olgan “Nasaf” - “Qizilqum” uchrashuvi (2:0) tugagach, matbuot anjumani birinchi qismida mehmonlar bosh menejeri Hamidjon Aktamov ishtirok etdi.
-Bugun uchrashuvda o'z darvozamiz to'ridan tezkor gol o'zkazganimiz rejalarimizni buzib yubordi, - deya so'z boshladi Hamidjon G'ulomovich. - Qolaversa, tajribali himoyachi Alisher Yusupovning kutilmaganda jarohatlangani tufayli  majburiy o'zgarishni amalga oshirdik. Garchi, yutqazgan bo'lsak-da, yigitlar maydonda yomon harakat qilishmadi. Xatolar va nuqsonlar yo'q emas. Biz ishlashda davom etamiz.

Afsuski, tarkibimizdagi legionerlarning barchasi birdek ishonchimizni oqlay olmayapti. Faqatgina Vyacheslav SHevchenkoni aytmaganda, qolganlari bilan jiddiyroq gaplashib olishimiz zarurga o'xshayapti. Muxlislar va jamoamiz xomiylari oldimizga katta talablarni qo'ymoqda. SHunga munosib bo'lishimiz lozim. Balki, davralar oralig'igacha ayrim legionerlar xizmatidan voz kecharmiz?!

Bundan uch yil avval “Qizilqum” futbol klubini qabul qilib olganimda,  jamoa chempionat jadvalining oxirgi pog'onasida edi. Hozir esa futbolchilarimiz mamlakatimiz etakchi klublari bilan tengma-teng o'ynashga intilyapti. SHuni unutmaslik kerakki, hech bir klub chempionlikni yoki katta g'alabalarni osonlikcha qo'lga kiritmaydi. Murabbiylar shtabimiz va jamoa azolarining ahilligi evaziga natijalarni yaxshilashga intilyapmiz. Hali qiladigan ishlarimiz juda ko'p. Selekciya borasida ham jiddiy rejalarimiz bor. Davralar oralig'ida bir qator kuchli futbolchilarni tarkibga jalb etishni mo'ljallayapmiz.

Hamza Karimov hamda “Nasaf” mavzusi oxirgi paytda juda ko'p gapirilmoqda. “Nasaf” jamoasi shani xususida faqat iliq fikrlar aytishim mumkin. Futbol klubimiz veb-saytida ham ortiqcha gaplar yozilmagan. Hamza Karimov bilan o'tgan mavsum oxirida og'zaki kelishuvga erishganmiz. Ammo futbolchi jarohatim bor, tuzalsam mayli jamoangizda o'ynayman degandi. U erkin agent bo'lgach, viza masalalarida muammolari borligini eshitdim. Amalda u klubimiz bilan shartnoma imzolamagan bo'lsa-da, avvalo insoniylik nuqtai nazaridan unga yordam qo'lini cho'zdik, xolos. Hammasi ortda qoldi. Hamza Karimov kuni kecha Germaniyada jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli o'tab keldi. Har qanday vaziyatda bu kabi mohir futbolchilarga ko'mak berishni o'z burchim, deb bilaman.

“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика