So’nggi yangiliklar

14:10Испания ЖЧ-2026дан воз кечишга тайёр — сабаб Исроил  2 13:42ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон бир поғона юқорилади  3 13:26Максим Шацких: "Биз сафарда Туркманистон терма жамоасига қарши ўйнадик, буни унутмаслик керак"  6 12:54УЕФА Англия клубини мухлислар баннери туфайли жазолади  2 12:20МЮ Аморимнинг ўрнига бошқа мураббий излаётгани ҳақидаги хабарлар рад этилди  1 11:50Жозе Моуринью: "Бенфика"дан таклиф бўлганида бир сония ҳам иккиланмадим"  1 11:25Сон Хён Мин "Реал" билан ўйинда хет-трик қайд этди  10 10:45Ўзбекистон U-16 терма жамоаси бугун Черногория билан ўйнайди   6 10:05Мареска "Бавария" билан ўйиндаги ҳакамликни танқид қилди  12 09:40Рустам Турдимуродов: "Сурхон" ҳеч қайси жамоадан кам эмаслигини исботлаймиз"   2 09:20Here we go! Жозе Моуринью "Бенфика" таклифини қабул қилди  7 08:50Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳамма ўз хатосини билади"   1 08:20Суперлига. "Пахтакор" сўнгги бор Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  5 07:55Факт. "Машъал" бугун тарихий натижа қайд этиши мумкин  1 07:25Суперлига. Бугун 22-турга старт берилади   0

Hamidjon Aktamov: "Qiyin g'alaba bilan jamoamiz muxlislarini tabriklayman" Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: "Qiyin g'alaba bilan jamoamiz muxlislarini tabriklayman"

Bugun bo'lib o'tgan "Qizilqum" - "Buxoro" uchrashuvidan so'ng matbuot anjumani o'tkazildi.

Unda ishtirok etgan "Qizilqum" bosh menejeri Hamidjon Aktamov quyidagi fikrlarni bildirdi. 

- Avvalambor Assalomu Alaykum! Qo'lga kiritilgan qiyin g'alaba bilan jamoamiz muxlislarini tabriklayman. Juda og'ir o'yin bo'lishini bilardik va shunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik. Nihoyat uzoq kutilgan g'alaba qo'lga kiritildi va o'ylaymanki, bu bilan to'xtab qolmaymiz. Muxlislar oldida qarzdorligimiz ko'p, navbatdagi bahslarda ham ularni xursand qilishga harakat qilamiz.


- Tarkibga 6 nafar yangi futbolchi qo'shib olindi va ularning barchasi asosiy tarkibda o'ynadi. Bu futbolchilar harakati sizni qoniqtirdimi? 

- Avvalo shuni aytishim kerak, koronavirus bizning futbolchilarni ham chetlab o'tmadi va ko'p futbolchilarimiz bundan sog'ayib ham bo'lishdi. Bazilar endi-endi o'ziga kelyapti. Yangi futbolchilar astoydil harakat qilishdi. Keyingi o'yinlarda ham yanada faollik kutib qolamiz. 


- Amalga oshirilgan transferlardan ko'nglingiz to'qmi? 

- Tajribali futbolchilarni qo'shib oldik. Hammasi joyida. Yana o'zgarishlar bo'ladi. Bu borada futbolchilar bilan muzokaralar ketyapti. Agar ishimizga chetdagilar aralashmasa yanada yaxshi natija ko'rsata olamiz. Kim haqida gapirayotganimni ko'pchilik yaxshi biladi. Agar futbol kerak bo'lsa, ana futboli yo'q viloyatlarga borib futbolni ko'tarsin. Daraxt endi hosilga kiradigan paytda tagidan kesish yaxshi emas. 2016 yil 6-o'rinni olgandik, bu yil ham yuqori maqsadlar qo'yilgan. Nasib qilsa rahbariyat oldida yuzimiz yorug' bo'ladi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика