So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  1 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Hakim Fuzaylov: "Mahalliy futbolchilar Narx va Samievlardan yomon o'ynashmayapti" Yangiliklar

Hakim Fuzaylov: "Mahalliy futbolchilar Narx va Samievlardan yomon o'ynashmayapti"

"Neftchi" - "Xorazm" o'rtasidagi Superliganing 15-tur bahsidan (2:0) so'ng mehmon jamoa ustozi Hakim Fuzaylov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Hakim Fuzaylov: "Neftchi" ancha tajribali jamoa. Katta pullar sarflashmoqda va oldiga jiddiy maqsadlar qo'yigan. "Xorazm" Superligada ishtirok etishini oxirgi bo'lib bildi va imkoni boricha tarkib yig'dik. "Xorazm" ikkinchi darvrada kuchayishi kerak.


- Bubanya nega bugungi bahsda ishtirok etmadi?

- U "Andijon" bilan bahsda oyog'ining barmog'ini sindirib oldi. Bubanya ikkinchi davraning uchinchi o'yinigacha safga qaytadi.


- Jamoa birinchi davrada raqiblar darvozasiga 16ta gol uribdi. Bu yomon natija emas. Lekin o'tkazib yuborgan gollari soni 18ta. Jamoaning qaysi chiziqlarida o'zgarishlar bo'ladi?

- Bizga kuchli hujumchi kerak. Keyin darvoza chizig'ini ham kuchaytirish lozim. Bir-ikki nafar himoyachi ham olsak kerak.


- Farruh Ibrohimov nega tarkibda kam ko'rinyapti?

- Farruh mavsum startida jarohat olgan edi. U asta-sekinlik bilan formasini tiklab boryapti. U ko'proq U21 jamoasi safida to'p tepmoqda.


- "Neftchi" bugun qanotlar orqali juda xavfli hujumlar tashkil qildi. Bugun bu jihatdan yutqazdik.


- Shahram Samiev va Fransis Narxlar bugun zaxiradan o'yinga qo'shlishdi...

- Narx va Samievlar so'nggi pallada jamoamizga qo'shilishdi. Ular jismoniy holatini tiklab borishmoqda. Biroq ularga ishonishda davom etish kerakmi degan savol paydo bo'ldi. Chunki mahalliy futbolchilar ularda yomon o'ynashmayapti. Legionlerlar esa qolganlardan bir bosh ustun bo'lishi kerak.


- "Xorazm" ikkinchi davrada o'z maydoniga qaytadimi? Bunga nima to'sqinlik qilmoqda?

- Hozir bu haqida aniq malumot bera olmayman. Ikkinchi davradagi ikkinchi o'yinni uyda qabul qilamiz. Stadion tayyor, VAR ham o'rnatilgan. Yoritish tizimi bilan bazi muammolar bor. Agar PFL rozi bo'lsa, ikkinchi davrani o'z arenamizda o'tkazamiz.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика