So’nggi yangiliklar

14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  2 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  3 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  6 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  8 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  15 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  9 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1 09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  2 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  4 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1

Hafta ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Hafta ramziy terma jamoasi

Teglar :  FutzalOliy liga
Futzal bo'yicha XXI milliy chempionatimizning 2-tur bellashuvlari 9-15 dekabr kunlari bo'lib o'tdi.
Quyida tur ramziy terma jamoasini etiboringizga havola etamiz.

Darvozabon:
Akmal Xazratqulov ("Do'stlik-AIN")



Qarshiliklar darvozaboni ikkinchi turda ham hammadan kam to'p o'tkazib yubordi. Etakchilarga qarshi uchrashuvlarda Xazratqulov jamoaning eng ishonchli quroliga aylanadi. Akmal 2-turda gol ham urdi. "Paxtakor"ga qarshi o'yinning so'nggi daqiqasida yon chiziqdan oshirib berilgan to'pni to'xtatmasdan hamkasbi qo'riqlayotgan darvozaga yo'lladi.

O'yinchilar:
Davron CHoriev ("Ardus")



CA talqiniga ko'ra, ikkinchi turning eng yaxshi futzalchisi deb topilgan Davron CHoriev ramziyga birinchi bo'lib kiritildi. "Ardus"ni bir qator etakchilar tark etgach, aynan Davron klubning asosiy kuchiga aylandi. U turda eng ko'p gol urgan o'yinchiga aylandi. Beshta bahsda raqib darvozabonlarini 11 marotaba ranjitishga muvaffaq bo'ldi.

Islom Ahmedov ("Turon-S")



Andijonning "Turon-S" jamoasi birinchisidan farqli o'laroq ikkinchi turni yaxshi o'tkazdi. Uchta g'alaba bir qarashda juda ham kamtardek ko'ringan klub uchun ijobiy natija. Ushbu g'alabalarda jamoa sardori Islom Ahmedovning hissasi katta bo'ldi. U o'zining oltita goli bilan andijonliklarga to'rt pog'ona yuqorilashga katta yordam berdi.

Samandar Ochilov ("Kogon")



Ramziyning navbatdagi vakili "Kogon" azosi Samandar Ochilov. Buxoroliklarning turdagi sermahsul o'yiniga o'zining 9ta goli bilan katta hissa qo'shdi. Birinchi turda o'zini yaxshi ko'rsata olmagan futzalchi ikkinchi turda "ochildi".

Dilshod Irsaliev ("Olmaliq")



O'zbek futzalida ikkita o'yinchi hech qarimaydi. Birinchisi Bahodir Ahmedov bo'lsa, ikkinchisi Dilshod Irsaliev. Oliy liga 2-tur ramziy terma jamoasining so'nggi vakili "Olmaliq" safida to'p tepayotgan Dilshod Irsaliev. U turda 6ta to'p kiritdi. Lekin, bu ro'yxatga kirishining sababi gollarining sonida emas, ularni qanday urganligida. Irsaliev hozir ham birga-bir vaziyatlarda "Qirol".

Oliy liga. 2-tur ramziy terma jamoasi

Darvozabon: Akmal Xazratqulov ("Do'stlik-AIN")
O'yinchilar: Davron CHoriev ("Ardus"), Islom Ahmedov ("Turon-S"), Samandar Ochilov ("Kogon"), Dilshod Irsaliev ("Olmaliq").
Zaxira: Mashrab Odilov ("Ardus"), Sohib Narzullaev ("Kogon"), Andrey SHlema ("Olmaliq"), Feruz Faxriddinov ("Do'stlik-AIN").

Tolibjon Qosimov
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика