So’nggi yangiliklar

18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  0 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  1 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  8 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0 13:50Instagram орқали мураббий излаётган Ҳиндистон Хавига рад жавобини берди  13 13:22Андреа Пирло Дубай жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  3 12:54"Алавес" "Барселона" тарбияланувчиси трансферини эълон қилди  3 12:25"Шўртан" 7 нафар футболчиси билан шартномани бекор қилди  2

Hafta iqtiboslari yoxud Jo Xart, Fil Nevill va boshqalardan ajoyib fikrlar Yangiliklar

Hafta iqtiboslari yoxud Jo Xart, Fil Nevill va boshqalardan ajoyib fikrlar

Odatga ko'ra o'tgan hafta Evropa matbuotida yangragan eng sara fikrlarni keltirib o'tamiz.

- "Messi juda tasirchan. U bilan birga to'p tepish men uchun imtiyoz. U har doim hayratlantiradi, u boshqa sayyoradan kelgan". ("Barselona" qanot himoyachisi Nelson Semedoning "Eybar"ga qarshi bahsdan so'ng Messi haqida aytganlari)

- "Bu ijtimoiy tarmoqning go'zal tomoni. Matbuot har doim darvozaning "to'qqizligi"ga borib tushadigan gollarni berishni yoqtiradi. Ammo matbuot mashg'ulotning to'liq qismini internetga joylasa, unda odamlar uning 99 foiz zarbalari xato ketganini ko'rib olishadi". ("Vest Xem" darvozaboni Jo Xart mashg'ulot paytida o'ziga juda chiroyli gol urgan Pablo Sabaleta haqida)

- "Bu mamlakatda hamma Osman Dembele bilan Kilian Mbappeni olqishlaydi, lekin hech kim Markus Reshford haqida gapirmaydi. Nimaga? CHunki u ingliz. SHu bois ham Reshford haqida gap ketganda "Ha, u yaxshi o'ynayapti" deb qo'ya qolamiz. Ammo men shuni aytishni xohlardim, Reshford saviya jihatdan Mbappe va Dembele bilan bir o'rinda turadi. Murabbiy Reshfordni istalgan nuqtada o'ynatishi mumkin. Uning narxi 100-150 million funt orasida. Uni Lui van Gal muxlislarga tanitdi. Endilikda Joze Mourino qo'l ostida o'zini ko'rsatishga harakat qilyapti". ("MYU" sobiq futbolchisi Fil Nevill yosh hujumchi Markus Reshfordning imkoniyatlari haqida)

- "Biz katta akulamiz va oldimizdan kim chiqsa shu zahoti paqqos tushiramiz". ("Manchester Siti" himoyachisi Benjamin Mendi jamoasining hozirgi kuchi haqida)

- "Poyga davom etadi. Levandovskiy oldinga harakat qilgan zahoti men uni quvib o'tishga urinaman. Mavsum tugaguncha Levandovskiyni ortda qoldirib ketish men uchun qiyin ishmas". (Ayni paytda Germaniya chempionati to'purari bo'lib turgan Per-Emerik Obameyang poygada g'olib chiqishi haqida)

- "Xotinim bilan birinchi bor tanishganimda "Sevilya"da to'p tepardim, Uni uchratganimdan keyin faoliyatimda tub burilish yuzaga keldi. 2013 yilgi mavsumni juda yaxshi o'tkazdim va "Sevilya" tarixida Diego Maradonadan keyin xorijlik ikkinchi jamoa sardori bo'ldim. Bu men uchun unutilmas kunlar bo'lgandi". (Xorvatiyalik yarim himoyachi Ivan Rakitich faoliyatiga xotini qanday tasir o'tkazgani haqida)


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика