Gvardiolaning kelajagi so'roq ostida: "Manchester Siti" B rejani tayyorlamoqda
19 jan 14:09
Yangiliklar
Gvardiolaning kelajagi so'roq ostida: "Manchester Siti" B rejani tayyorlamoqda
Ushbu uchrashuvda tomonlar joriy mavsum yakunlanganidan keyin hamkorlikni davom ettirish istiqbolini muhokama qiladi.
"Topskills Sports UK"ning xabar berishicha, ispaniyalik mutaxassisning kelgusi taqdiri yaqin oylarda jamoa ko'rsatadigan natijalarga bevosita bog'liq bo'ladi. Agar 2025/2026 yilgi mavsum klub egalari va rahbariyati kutgan natijalarni bermasa, ajralish varianti ham istisno etilmayapti.
Manbaga ko'ra, "shaharliklar" allaqachon muqobil scenariylar ustida ish boshlagan va italiyalik murabbiy Enco Mareskaning atrofidagilar bilan aloqaga chiqqan. Gvardiola 2026 yilning yozida jamoani tark etgan taqdirda, Mareska unga o'rinbosar deb ko'rilmoqda.
Qayd etilishicha, Mareskaning o'zi ham "Manchester Siti"da ishlashga jiddiy qiziqish bildirmoqda va bosh murabbiy lavozimi bo'yicha taklifni ko'rib chiqishga tayyor.
Xosep Gvardiolaning ingliz klubi bilan amaldagi kelishuvi 2027 yilning yozigacha amal qiladi. "Shaharliklar" Angliya Premer-ligasining 22-turidan so'ng 43 ochko to'plab, turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar