Gvardiola: "Siti"ning omadi keldi"
20 jan 2023 08:42
Yangiliklar
Gvardiola: "Siti"ning omadi keldi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Tottenxem"ga qarshi o'yindan so'ng (4:2) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Jasorat, dadillik, ko'zlardagi o't, g'alaba qozonishga bo'lgan chanqoqlik ilk daqiqalarda etishmadi. Muxlislar ham 45 daqiqa jim turishdi. Men o'z muxlislarimni qaytarmoqchiman.
Bizda ustunlikka ega bo'lgan "Arsenal"dek raqibimiz bor. Ular ikkita o'n yillikdan buyon APLni yutishgani yo'q. Men o'z jamoamni tanimayapman. Ularda oldin g'alaba qozonish istagi kuchli edi.
Biz o'tgan yilgi jamoaga o'xshamayapmiz. Bunday kambeklar doim bo'ladi deb o'ylayapsizmi? Yo'q, bo'lmaydi.
Bugun omadimiz keldi. Agar biz nimadir yutishni istasak va kurashsak, lekin shu bilan birga noliyversak, nimadir yutishga imkonimiz bo'lmaydi", - dedi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar