Gvardiola o'yin oldidan asosiy tarkibni qanday tanlashini oshkor qildi
02 jan 2023 09:40
Yangiliklar
Gvardiola o'yin oldidan asosiy tarkibni qanday tanlashini oshkor qildi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola boshlang'ich tarkibni tanlashdagi qiyinchiliklar haqida gapirdi.
“Maydonda 11 nafar futbolchi bor – biz 13 kishini maydonga tushira olmaymiz, shu tufayli kim o'ynamasligini hal qilish ustida boshimni qotiraman. Har qanday holatda ham top futbolchilardan biri zaxirada qoladi.
Yoshim ulg'aygan sari qalbimga ko'proq ishonishni boshladim – kayfiyatingiz bo'lmasa, yaxshi o'ynay olmaysiz. Bazida futbolchilarni o'sha vaziyatdagi kayfiyatiga qarab tanlayman va bu jihat tarkibni aniqlashda asosiy omillardan biri hisoblanadi”, deydi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, “shaharliklar” Angliya chempionatida 36 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda. Jamoani 5 yanvar kuni “CHelsi”ga qarshi bahs kutmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar