Gvardiola nega Grilishni emas, Savioni maydonga tushirayotganini tushuntirdi
06 jan 09:19
Yangiliklar
Gvardiola nega Grilishni emas, Savioni maydonga tushirayotganini tushuntirdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola nega so'nggi o'yinlarda Jek Grilishga emas, Savioga imkoniyat berayotgani haqida gapirdi.
Braziliyalik vinger so'nggi uchta bahsda asosiy tarkibda maydonga tushdi va bu o'yinlarda 1ta gol va 3ta assist qayd etdi. Angliyalik bu vaqt davomida atigi etti daqiqa to'p tepdi.
"Ular raqobatlashishi kerak va Savio hozirda Jekdan ko'ra yaxshiroq formada. Aynan shu sabab Savioni tushiryapman. U bunga loyiq. O'zim bilan adolatli bo'lishga urinyapman", – dedi Gvardiola.
"Manchester Siti" o'zining keyingi o'yinini 11 yanvar kuni Angliya kubogi doirasida "Solford Siti"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar