Gvardiola: "Mourinoning mahoratiga hech qachon shubha qilmaganman"
01 sen 2018 15:45
Yangiliklar
Gvardiola: "Mourinoning mahoratiga hech qachon shubha qilmaganman"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola mavsumni omadsiz boshlagan "Manchester Yunayted" ustozi Joze Mourinoni qo'llab-quvvatladi.
"Hozir bizga qo'lga kiritilgan sovrinlar bo'yicha baho berishmoqda, chunki sovrinlar - g'oyangizning natijasi.
SHaxsan men Mourinoning mahoratiga shubha qilmaganman va hozir ham shubha qilmayman. Ammo gap faqat sovrinlarda emas.
Buni ko'p marta takrorlaganman. Men kuchli jamoalarda eng yaxshi futbolchilar bilan g'olib bo'lganman. Agar ular bo'lmaganida hech qanday sovrin yutmagan bo'lardim.
Biroq sovrin yutmagan ko'plab kuchli murabbiylar bor. SHunday ekan g'alaba qozonish uchun o'zgacha narsaga ega bo'lish lozim, biroq siz yaxshi murabbiy bo'lib, sovrin qo'lga kiritmasligingiz mumkin. Yaxshi klub va futbolchilar sizga yordam beradi" - deydi Gvardiola.
Fikrlar