Gvardiola kubok bahsidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida Husanov haqida fikr bildirdi
29 mar 07:58
Yangiliklar


Gvardiola kubok bahsidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida Husanov haqida fikr bildirdi
U bunchalik ko'p o'yin o'tkazishi kutilmagandi, ammo butun mavsum davomida himoya chizig'imizda yuzaga kelgan vaziyat shuni taqozo etdi. Unda o'ziga xos fazilatlar bor, bu aniq. Juda, juda ajralib turadigan xususiyatlarga ega; u g'oyat chaqqon, maydonda borini beradi, bazan yuz ifodasi buni ko'rsatmasa-da, ko'plab harakatlarida butun ehtirosini namoyon etadi...
Va biz undan qisqa vaqt ichida, mashg'ulotsiz va boshqa ko'p narsalarsiz ham zavqlanmoqdamiz. U bizga juda katta yordam berdi!
Vitor ikkisi hali yosh, mavsum o'rtasida moslashish oson emas, yangi o'yinchilar, yangi liga va shunga o'xshash narsalar, ammo ular juda yaxshi holatda va nihoyatda ijobiy kayfiyatda...
Biz Abduqodirni ingliz tilini mashq qilish va o'rganishga undaymiz, chunki muloqotga kirishish uchun bu juda muhim...
Eslatib o'tamiz, jamoalar o'rtasidagi bellashuv yakshanba kuni 20:30 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Ўрислар ўзбекларни нимасини кўролмайди?
Хар сафар хусанов хакида
Хар сафар инглиз тили хакида..