Gvardiola: "Fergyuson "Barselona"da 25 yil qola olardi deb aytolmayman"
03 noy 2018 11:17
Yangiliklar
Gvardiola: "Fergyuson "Barselona"da 25 yil qola olardi deb aytolmayman"
Oldinroq, Fergyuson ispaniyalik mutaxassis haqida quyidagi gapni aytgan edi: "Gvardiola nega "Barselona"ni tark etganini bilmayman, bunda mano yo'q, u o'sha erda 25 yil qolishi kerak edi".
"U nega bunday deganini tushunaman, ammo Angliyada futbol umuman boshqacha. Bu erda haqiqatdan ham bir klubda 20 yil ishlash mumkin. Bir hafta davomida jurnalistlarni ko'rmayman, ular jamoa ichida nimalar bo'layotganini bilishmaydi. Klubimizda, futbolchilar bilan kiyinish xonasida ko'plab muammolar bo'lgan, bazida qattiqqo'l bo'lishga to'g'ri keladi, ammo hech narsa matbuotga chiqib ketmaydi.
"Barselona"da yoki "Bavariya"da nima sodir bo'lsa, ertaga gazeta muqovalarida chiqib turardi. Angliyada qulayroq. Fergyuson "Barselona"da 25 yil qola olardi deb aytolmayman" - deydi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид". Ҳусанов жавоб ўйинини бошланғич таркибда бошлайди!
Fikrlar