Gvardiola: "Doimo 5-6 yilda yoki murabbiyni yoki futbolchilarni almashtirish kerak"
10 avg 2022 00:30
Yangiliklar
Gvardiola: "Doimo 5-6 yilda yoki murabbiyni yoki futbolchilarni almashtirish kerak"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola yozgi transferlar oynasi vaqtida jamoadan ketganlar haqida gapirdi.
Yozda jamoani Rahim Sterling, Gabriel Jezus, Fernandino va Aleksandr Zinchenko kabi futbolchilar tark etdi.
"Doimo 5-6 yilda yoki murabbiyni yoki ayrim futbolchilarni o'zgartirish kerak deb hisoblayman. O'zgartirish, futbolchilarni "yangilash" - jamoaga kuch va qo'shimcha ishtiyoq olib kiradi.
Faqat qarorlarni to'g'ri chiqarish lozim. CHunki buning uchun pul to'lashadi. Doimo barchasiga tayyor turish - tarkibning kuchayishiga sabab bo'ladi. Men bu erda jamoaning yaxshi o'ynashi uchun, alohida ajralib turishi uchun ishlayapman.
Barchamiz jamoaning so'nggi 5 yilda 4 marta APLni olganini bilamiz. Ammo biz o'yinni yaxshilashimiz kerak. Yaxshi jamoa umrbod emas. Barchasini balansda ushlab turish kerak", - dedi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar