Gvardiola: "Bunday o'yin uchun yigitlarimga qay tariqa minnatdorlik bildirishni ham bilmayapman"
20 avg 2023 11:29
Yangiliklar
Gvardiola: "Bunday o'yin uchun yigitlarimga qay tariqa minnatdorlik bildirishni ham bilmayapman"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoa futbolchilarining xarakteriga yuqori baho berdi.
"Birorta so'z bugungi o'yin uchun mening hissiyotlarimni ifodalay olmaydi. Rostdan ham, juda zo'r o'yin ko'rsatdik.
O'tgan mavsumda nimalarga erishganimizga qaramasdan, yigitlar yana barchasiga juda katta etibor qaratishmoqda.
Biz mentalitet haqida gapirdik. G'alabalarimizning asosiy poydevori - bizning mentalitetimiz. Buni yana bir marta isbotladik.
Fil Foden - istalgan poziciyalarda o'ynay oladigan futbolchi. U raqiblar uchun haqiqiy bosh og'riq. O'z ishiga qanday munosabatda bo'layotganidan mamnunman", - dedi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar