Gvardiola APL chempionligi uchun kurashayotgan jamoalarni baholadi
03 dek 21:07
Yangiliklar
Gvardiola APL chempionligi uchun kurashayotgan jamoalarni baholadi
Hozirda uning klubi turnir jadvalida ikkinchi o'rinda turibdi va "Arsenal"dan atigi ikki ochko orqada. Bugun, 3 dekabr kuni "Arsenal" "Brentford" bilan o'yin o'tkazadi.
"Ular juda kuchli va ishonchli. Bizga qiyin bo'lishiga tayyorlanishimiz kerak, lekin shu bilan birga Premer-liga mavsumi uzoq davom etishini ham unutamaslik lozim. Men Premer-liganing eng yoshi katta murabbiyiman va uzoq masofada o'zimni yaxshi ko'rsatish hamda chempionlikni qo'lga kiritish uchun etarli tajribaga egaman.
Enco (Mareska) bilan "Chelsi" meni kundan-kunga ko'proq hayratga solmoqda. Hali ko'p voqealar ro'y beradi. Biz oltita Premer-ligada g'alaba qozondik, shundan to'rt yoki beshtasida yanvar yoki fevralda orqada qolganimizda ham yutgandik. Premer-ligada g'olib chiqadigan jamoa - bu har oyda rivojlanib boradigan jamoa va biz aynan shunday qilishga harakat qilyapmiz," - deya Gvardiolaning so'zlarini Manchester Evening News keltiradi.
"Arsenal" APLda 13 o'yinda 30 ochko to'plab, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Manchester Siti" 14 o'yinda 28 ochko bilan ikkinchi o'rinda turibdi. 13 o'yinda 24 ochko to'plagan "Chelsi" uchinchi pog'onani egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Расман: Тимур Кападзе — "Навбаҳор" бош мураббийи!
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади
Месси жаҳон рекордини янгилади
Расмий хабар: Исломбек Исмоилов — "Нефтчи" бош мураббийи
Fikrlar