FIFA JCH-2026 qura tashlash marosimida xizmat qiladigan yulduzlar ro'yxatini elon qildi
03 dek 15:08
Yangiliklar
FIFA JCH-2026 qura tashlash marosimida xizmat qiladigan yulduzlar ro'yxatini elon qildi
Vashington shahridagi "Kennedi markazi"da tashkil etiladigan tadbirni supermodel Xaydi Klum, taniqli komik aktyor Kevin Xart hamda aktyor Denni Ramires olib boradi.
Marosimning badiiy qismida esa jahon estradasining haqiqiy yulduzlari sahnaga chiqadi. Jumladan, italiyalik mashhur tenor Andrea Bochelli, britaniyalik pop-yulduz Robbi Uilyams va xonanda Nikol Sherzinger o'z chiqishlari bilan mehmonlarni xushnud etadi. Shuningdek, afsonaviy "Village People" guruhi ham tadbirda ishtirok etib, o'zlarining mashhur "Y.M.C.A." qo'shig'ini ijro etishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadigan mundialga qura tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan 5 dekabr kuni tunda soat 22:00da bo'lib o'tadi. Ushbu marosimda O'zbekiston milliy terma jamoasi ham o'z tarixidagi ilk Jahon chempionatidagi raqiblarini bilib oladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Расман: Тимур Кападзе — "Навбаҳор" бош мураббийи!
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади
Месси жаҳон рекордини янгилади
Расмий хабар: Исломбек Исмоилов — "Нефтчи" бош мураббийи
Fikrlar