"Arsenal" Edegorning o'rniga "Manchester Yunayted"dan Maynu transferini amalga oshirishi mumkin
03 dek 00:35
Yangiliklar
"Arsenal" Edegorning o'rniga "Manchester Yunayted"dan Maynu transferini amalga oshirishi mumkin
"Arsenal" qishda xavbek Martin Edegorga o'rinbosar sifatida "Manchester Yunayted" yarimhimoyachisi Kobbi Maynni o'z safiga qo'shib olishi mumkin. Bu haqda ESPN’ga tayanib, TeamTalk xabar berdi. Manbaga ko'ra, 20 yoshli futbolchi joriy mavsumda jarohatlar tufayli 66 kun maydonga tusha olmagan Edegor uchun sug'urta vazifasini bajarishi mumkin. Eng ehtimoliy variant - Maynuni qisqa muddatli ijaraga olish.
Joriy mavsumda "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi barcha musobaqalarda 10 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma muallifi bo'ldi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, Maynuning bozor narxi 45 mln evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Расман: Тимур Кападзе — "Навбаҳор" бош мураббийи!
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади
Суперлига. Голи инобатга олинмаган ва бир киши кам қолган "Пахтакор" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотганига қарамай, мавсумни иккинчи ўринда якунлади
Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" меҳмонда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаев гол урди!
Fikrlar