Asosiy tarkibdan joy vada qilingan "Siti" futbolchisi jamoani tark etmoqchi
02 dek 01:24
Yangiliklar
Asosiy tarkibdan joy vada qilingan "Siti" futbolchisi jamoani tark etmoqchi
Daily Mail Sport yozishicha, gap ikki darvozabon Jeyms Trafford va Shtefan Ortega haqida ketmoqda.
Trafford yozda "Byornli"dan 27 mln funtga kelgan edi. Ederson ketganidan keyin unga jamoada asosiy darvozabon sifatida o'ynashi haqida vada berilgan.
Biroq dedlayn kuni PSJdan Janluidji Donnarumma keldi va shu paytdan beri Premer-liganing barcha o'yinlarida asosiy tarkibda maydonga tushmoqda. Trafford esa Angliya terma jamoasi uchun asosiy darvozabon bo'lish maqsadida o'yin amaliyotiga umid qilgan.
"Siti" "Nyukasl"dan ilgarilab, iyulda o'ziga sobiq bo'lgan o'yinchini qaytarish uchun avvalgi shartnoma ustunlik bandidan foydalangan edi. Endi 23 yoshli darvozabon uchun "Nyukasl" qishda yana urinib ko'rishi kutilmoqda.
34 yoshli Ortega ham ketish variantlarini ko'rib chiqmoqda. Hozir u jamoada to'rtinchi darvozabon sanaladi va safar o'yinlariga ham olib borilmayapti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Роналду ММА-промоушен акциядорига айланди
Манба: Самвел Бабаян - "Андижон" бош мураббийи!
Суперлига. Голи инобатга олинмаган ва бир киши кам қолган "Пахтакор" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотганига қарамай, мавсумни иккинчи ўринда якунлади
Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" меҳмонда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаев гол урди!
Fikrlar