So’nggi yangiliklar

13:30Ўзбекистон Суперкубоги тўпурарлари: Черан етакчи, Кошелев ва Акопянц ҳам рўйхатда бор  0 13:02"Барселона" ёз учун устувор мақсадни танлади  8 12:30"Ютқазиш ва хато қилишдан қўрқиб, мухлисларни зериктириб қўйишмаса бўлгани" — Суперкубок олдидан сўз Суперлига матбуот котибларига  6 12:01"Ливерпуль” Алиссон билан шартномани узайтирди  0 11:33"Манчестер Юнайтед" Давид Раумни нишонга олди  0 11:05Ўзбекистон Суперкубоги: “Насаф” энг кўп соврин ютган, “Пахтакор” энг кўп мағлубиятга учраган  5 10:45Макс Доуман кечаги голидан сўнг АПЛ тарихига кирди  0 10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  6 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  11 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  9 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  22

Gvardiola Alonso haqida: "Real" va "Barsa"ga murabbiylik qilish – eng qiyini. Xabi bu vaziyatdan chiqib ketishga qodir" Yangiliklar

Gvardiola Alonso haqida: "Real" va "Barsa"ga murabbiylik qilish – eng qiyini. Xabi bu vaziyatdan chiqib ketishga qodir"

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoalarning Chempionlar ligasidagi o'yini oldidan "Real" murabbiyi Xabi Alonsoni qo'llab-quvvatladi.

Kecha "Real" "Siti"ga qarshi o'yinda muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, Alonsoni istefoga chiqarishi mumkinligi, bosh murabbiy va futbolchilar o'rtasidagi munosabatlar buzilganligi haqida xabarlar tarqaldi. Xabining o'rniga asosiy nomzodlar - Zinedin Zidan va Yurgen Klopp. Shuningdek, "oq kiyimlilar" ro'yxatida Alvaro Arbeloa ham bor. "Real" "Selta"dan mag'lubiyatga uchragach (0:2), La Liga turnir jadvalida "Barselona"dan 4 ochko orqada qoldi. Pep Gvardiolaga esa Xabi Alonso haqida savollar berildi.

- Ertaga Xabining ishi xavf ostida qolishi mumkinligi sizni ajablantirmaydimi?

- Yo'q... Siz mendan Xabining kelajagi haqida so'rayapsiz, men esa unga eng yaxshi tilaklarni bildiraman, chunki uni juda hurmat qilaman. Lekin javobini bilmayman. Vaziyatni bilasiz-ku, men bu erda yashamayman va uzoqdaman.

- Siz hozir Alonsoning ahvoliga achinayapsizmi?

- Albatta. Biz "Bavariya"da ikki yarim yil birga ishlaganmiz va bu ajoyib edi. Bizda umumiy jihatlar ko'p edi.

Ammo "Barselona" va "Real" - bosim va muhit tufayli murabbiy uchun eng qiyin klublar. Mavsum og'ir kechmoqda va hamma narsa g'alabalar atrofida aylanmoqda... G'olib bo'lmasang, nima bo'lishini bilasan. O'tgan mavsumda men bilan ham shunday bo'lgandi. Ammo Xabi bu vaziyatdan chiqib ketishga qodir.

- Alonsoga qanday maslahat bergan bo'lardingiz?

- O'z ishini qilaversin. Uning hamma ishi joyida bo'ladi, mana ko'rasiz.

- Xabi boshchiligidagi bu "Real" jamoasini siznikiga qiyoslasa bo'ladimi?

- Hech qaysi jamoa menikiga teng kelolmaydi, mening jamoalarim ajoyib. Har bir jamoa o'ziga xos. Sportda doimo qadam-baqadam o'sib borish kerak. Turli bosqichlar bor. Mavsum davomida rivojlanganlar g'olib bo'ladi. Bu jarayonda jarohatlar, kutilmagan vaziyatlar va boshqalar tufayli o'yin darajasi pasaygan paytlar ham bo'ladi. Men oktyabrda jamoa sentyabrga qaraganda yaxshiroq bo'lishini va shunday davom etishini xohlayman. Mavsum yakunida esa yakuniy xulosa chiqariladi, - dedi Gvardiola.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика