So’nggi yangiliklar

08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  0 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  2 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  6 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  19 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  25 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1

G'uzorda futbolni rivojlantirish va ommalashtirish bo'yicha olib borilgan islohotlar Yangiliklar

G'uzorda futbolni rivojlantirish va ommalashtirish bo'yicha olib borilgan islohotlar

Teglar :  SHo'rtanG'uzor
Malumki, keyingi yillarda mamlakatimizda sport, shu jumladan futbolning rivojlanishi va takomillashuviga hukumatimiz, shaxsan Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan juda katta etibor qaratilmoqda.

Jumladan davlatimiz rahbarining 04.12.2019 yildagi “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5887-sonli farmoni, shuningdek “O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5924-sonli farmoni bunga yaqqol misol bo'la oladi.

Futbol bo'yicha PRO-liga bahslarida ishtirok etayotgan G'uzorning “SHo'rtan” futbol klubi homiylari va rahbariyati bugungi kunda aynan mana shu qarorlarni hayotga tatbiq etish yo'lida keng ko'lamli ishlarni amalga oshirmoqda. Bir necha yillar davomida G'uzorda shakllangan va samarali faoliyat ko'rsatib kelayotgan mukammal futbol infro tuzilmasi yoniga joriy yil boshidan etiboran bolalar futbol Akademiyasi binosini ham qo'shildi. Ushbu futbol ilm maskanida barcha sharoitlar yaratilgan: 45 o'rinli shinam yotoq joy, ovqatlanish oshxonasi, yuvinish va dam olish, tiklanish, o'quv jarayonlarini olib borish xonalari, turli xil yig'ilish, ilmiy amaliy seminarlar o'tkaziladigan konferenc zallar o'quvchilar ixtiyoriga beriladi. Bundan tashqari sport hamda futbol sir-asrorlarini o'rganish, amaliy mashg'ulotlar o'tkazish uchun bir nechta tabiiy va suniy qoplamali futbol maydonlari, sport maydonchalari va jihozlari ham Akademiya o'quvchilariga muntazir.

Tasdiqlangan reja asosida yaqin vaqt ichida tanlov va selekciya ishlari boshlanadi. Uning natijalariga ko'ra dastlabki tinglovchilar ushbu futbol ilm maskaniga qabul qilinadi.

Etiboringizga G'uzor futbolining infrotuzilmasini aks ettiruvchi video lavhalarni namoyish etamiz.




Malumot uchun telefonlar: +99897-801-72-06, +99897-222-78-71

“SHo'rtan” PFK matbuot xizmati bo'limi

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика