Gullit Depayga maslahat berdi
08 jan 2023 11:13
Yangiliklar
Gullit Depayga maslahat berdi
Niderlandiyalik sobiq futbolchi Ruud Gullit "Barselona" futbolchisi Memfis Depayning jamoadagi holati haqida gapirdi.
"Uning "Barselona"da muammolari katta ekanligini barcha ko'rib turibdi. CHunki uning oldida yuqori klassdagi Robert Levandovski bor. Bunday jamoada o'ynash uchun o'zini qayta yaratishi, hujum chizig'ida boshqacharoq salohiyatga ega ekanligini ko'rsatishi kerak. Aks holda asosiy tarkibda maydonga tushish oson bo'lmaydi.
U dunyo darajasidagi futbolchi bo'lishi mumkin. "Lion"da nimalarga qodir ekanligini barchaga ko'rsata olgandi. "Yunayted"da biroz omadsiz o'yin ko'rsatdi, biroq bu narsa "Barselona"da takrorlanishi kerak emasdi. U o'zini "Barselona" darajasidagi futbolchi hisoblasa, buni maydonda ko'rsatishi kerak deb hisoblayman", - dedi Gullit.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Расман: Тимур Кападзе — "Навбаҳор" бош мураббийи!
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади
Месси жаҳон рекордини янгилади
Расмий хабар: Исломбек Исмоилов — "Нефтчи" бош мураббийи
Fikrlar