Gruziyalik himoyachi, "Olimpik Mobiuz" ustozi va kiperi - Pro liga 8-tur laureatlari
20 may 14:43
Yangiliklar
Gruziyalik himoyachi, "Olimpik Mobiuz" ustozi va kiperi - Pro liga 8-tur laureatlari
"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra 7-turning eng yaxshi darvozaboni - Samandar Murodboev ("Olimpik Mobiuz")
"Olimpik Mobiuz" jamoasi bu turda "Xorazm" mehmoni bo'ldi. Qiziqarli va kurashlarga boy o'tgan uchrashuvda Farhod Nishonov shogirdlari 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Samandar Murodboev shu kuni o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qola oldi.
"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra 8-turning eng yaxshi futbolchisi - Andro Giorgadze ("Qo'qon-1912")
Ketma-ket ikkinchi turda tur futbolchisi nomiga legioner loyiq ko'rilmoqda. Aytish mumkinki, so'nggi uchrashuvlarga kelib Pro ligada legionerlar o'zini ko'rsatishni boshladi. Xususan, 8-turda o'z maydonida "Mashal"ni qabul qilgan "Qo'qon-1912" tarkibida legionerlar katta sahnaga chiqdi. Jamoaning gruziyalik himoyachisi Andro Giorgadze uchrashuvda dubl muallifiga aylandi.
"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra 8-turning eng yaxshi murabbiyi - Farhod Nishonov ("Olimpik Mobiuz")
Yoshlardan tashkil topgan jamoa bo'lishiga qaramasdan "Olimpik Mobiuz" nisbatan tajribali "Xorazm"ni engishni uddasidan chiqdi. Farhod Nishonov Hakim Fuzaylovning debyut o'yinida mag'lubiyatga uchratdi. SHu munosabat bilan Farhod Nishonovni 8-turning eng yaxshi murabbiyi deb topdik.
Fikrlar